So’nggi yangiliklar

12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   0 12:36Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  0 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи мартта Андижонда 6 та гол урди   4 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   8 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  1 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  2 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  1 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  11 07:30"Манчестер Сити"ни яна бир ҳимоячиси тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5

Vadim Abramov: "Har qanday holatda ham birinchi o'rinda qolamiz" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Har qanday holatda ham birinchi o'rinda qolamiz"

O'zbekiston kubogi 2-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Dinamo" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Qiyin klimatik sharoitlar ostida o'tgan o'yin bo'ldi. Шamol o'yinga tasir o'tkazdi. Gol urib olganimizdek so'ng o'yinni nazorat qildik. "Surxon" juda yaxshi shakllangan jamoa, omadimiz keldi va g'alaba qozondik. Keyingi bosqichga chiqa olganimizdan xursandman. "Lochin" jamoasi bizga muddatdan avval pley-offga chiqishga yordam berib yubordi" - dedi Vadim Karlenovich bahs yakunlangach.

- "Dinamo" joriy mavsumda hali mag'lubiyatga uchramadi. Jamoa mag'lubiyatsiz seriyasini qachongacha davom ettira oladi deb o'ylaysiz?

- Bizga ko'z teginishini xohlayapsizmi? Kuchimiz qanchaga etishini kelajakda bilib olamiz. Keyingi uchrashuvni "Шo'rtan"ga qarshi o'tkazamiz. Hozir omad biz tomonda va umid qilamanki, omad bizga kulib boqishda davom etadi.

- Anvarjon Hojimirzaev zaxiraga olinganiga nima sabab bo'ldi?

- U boshidan jarohat oldi va zaxiraga olinishini so'radi. Biz tavakkal qilmay uni almashtirdik. Balki boshi chayqalgandir.

- O'zPFL "Neftchi"ga qarshi o'yinni ko'chirdi. Ushbu qaror jamoangizga qanday tasir qildi? "Neftchi" o'tgan turda o'z darvozasidan to'rtta gol o'tkazib yuborgan edi, sizning jamoangiz esa hozir juda yaxshi formada. O'yin ko'chirilgani sizni xafa qilmadimi?

- Samarqandga yuqori darajadagi mehmonlar kela olmasligi malum bo'lganidan so'ng biz O'zPFLga uchrashuvni o'tkazishga tayyor ekanligimizni bildirdik, ammo "Neftchi" rozi bo'lmadi.

- Joriy mavsumda barcha jamoalar tig'iz taqvimda o'ynamoqda. Ushbu taqvim jamoangizga qanday tasir qilmoqda?

- Taqvim barcha jamoalar uchun bir xil, faqatgina "Dinamo" uchun emas. Meni hayron qoldirayotgan yagona jihat, bu mezbonlik masalasi. Misol uchun, biz "Шo'rtan"ga qarshi keyingi uchrashuvni G'uzorda o'tkazamiz, ammo bundan avvalgi uchrashuvlarni "Шo'rtan" neytral maydonda, yani Qarshida qabul qilgan edi. Endi "Xorazm"ga ham borish kerak bo'ladi. Mening bilishimcha, "Bunyodkor" mavsum boshidan buyon Toshkentdan chiqmadi. Ikki jamoa o'zaro kelishgan holda Toshkentda o'ynamoqda. Ochig'i, biz ham bajonidil Samarqandda kimdirni qabul qilgan bo'lar edik.

- "Andijon" bugun sensacion tarzda "Lochin"ga mag'lub bo'ldi. Bu natijasi esa "Dinamo"ni avtomatik tarzda keyingi bosqichga olib chiqdi. "Dinamo" guruh bosqichidagi so'nggi uchrashuvni Andijonda o'tkazadi. Bo'lajak uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz...

- Biz kamroq o'yin imkoniyatiga ega bo'layotgan futbolchilarga imkoniyat taqdim etamiz. O'ylaymanki, bunday qarorimiz uchun bizni jazolashmaydi.

- "Andijon"ga qarshi o'yin principial emasmi?

- Har bir raqibga qarshi o'yin biz uchun principial. Har qanday holatda ham birinchi o'rinda qolamiz. Шu sababli zaxira futbolchilariga imkoniyat berish to'g'ri qaror bo'ladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика