So’nggi yangiliklar

10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  0 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  2 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  1 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  1 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  4 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  8 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  5 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  64 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  10

Uyg'onayotgan "Arsenal" Yangiliklar

Uyg'onayotgan "Arsenal"

London klubidan "kambek" kutilmoqda.

O'tgan 5 yillikda "Arsenal" klubi inqiroz ko'chasida edi. Arsen Venger 20 yildan oshiq vaqtdan keyin London klubi murabbiyligini tark etganidan so'ng, garchi franciyalik mutaxassisning so'nggi davrlarida ham hatto 4-o'rin uchun jon berib kurashsa-da, shu poziciya uchun ham endi ojizlik qila boshladi. 

Vengerdan keyin "to'pchilar" murabbiylik kursisiga bir nechta mutaxassis jalb etildi, lekin ular kutilgan natijani berishmadi. Ammo hozir eski pasayishlar emas, yangi odimlar haqida gaplashamiz. 

"Arsenal"ning dastlab omadsiz deyilgan murabbiyi yakunda "balo" chiqib qoldi. Tarkibni yoshartirib, umidli futbolchilar bilan chiroyli o'yin ko'rsata boshlagan Mikel Arteta hamda shahdam qadam bilan ketayotgan yangi "Arsenal" haqida so'z yuritamiz.

Arteta boshchiligidagi hozirgi "Arsenal"ning o'rtacha yoshi 24,6 ni tashkil etmoqda. Eng yoshi katta futbolchilar — Muhammad El-Nenni (29), Sedrik Soaresh (30), Bernd Leno (30) hamda Aleksandr Lyakazett (30). Takidlash joiz, ispaniyalik murabbiy tarkibni ayni ko'rinishga keltirish uchun yaxshigina harakat qildi. 

Mesut Ozil, Lukas Torreyra, David Luiz, SHkodran Mustafi, Villian, Matteo Genduzi, Ektor Belerin kabi futbolchilar jamoani tark etdi. Bu futbolchilar sifatli o'yinga ega bo'lishlariga qaramay, Arteta eski davr futbolchilaridan hech ikkilanmay voz kechdi. Yaqinda esa yaxshi hujumchi – Per-Emerik Obameyang ham London klubidan ketdi. So'nggi paytlarda gabonlik futbolchi deyarli asosiy tarkibga kiritilmagandi. Bunga sabab sifatida futbolchining intizomga rioya etmasligi, murabbiylarga nisbatan hurmatsizligini ko'rsatish mumkin. Natijada, Obemeyang Kataloniya klubiga yo'l oldi.

Voz kechilgan o'yinchilar o'rnini Arteta munosib to'ldira oldi, desak bo'ladi. Aaron Remsdeyl, Nunu Tavaresh, Takexiro Tomiyasu, Ben Uayt, Albert-Mboyo Sambi Lokonga, Martin Edegor kabi futbolchilar yorqin o'yin ko'rsatishmoqda. SHuningdek, Emil Smit-Rou, Bukayo Saka va Gabriel Martinelli "kanonirlar"ning tom manodagi etakchilari sifatida namoyon bo'lishyapti.

Statistikaga nazar solamiz: 

Edegor — 27 o'yin, 5 gol, 4 assist

Saka — 30 o'yin, 9 gol, 5 assist

Martinelli — 24 o'yin, 5 gol, 3 assist

Smit-Rou — 25 o'yin, 10 gol, 2 assist

Nketia — 15 o'yin, 5 gol, 1 assist

Aynan shu futbolchilarning "uyg'onishi" APL boshidagi muvaffaqiyatsizliklar tasodif ekanligini ko'rsatib qo'ydi. "Arsenal" APL doirasidagi so'nggi 10 o'yinda 8 ta g'alaba, 1 ta durang va 1 ta mag'lubiyat qayd etdi va ayni vaqtda 4-o'rinda ketyapti. 

Bularning hammasi "Arsenal"da yaxshi, sifatli va yorqin jamoa shakllanib borayotganidan dalolat. Balki bu yil emasdir, lekin keyinchalik bu jamoa APLda o'z o'rnini qaytarib olishga kuchi etadigan darajada o'sishga erishdi. "Arsenal" muxlislarini bo'lajak katta natijalar bilan, futbol muxlislarini bo'lajak katta futbolchilar bilan tabriklaymiz!

SHuhrat Homidov tayyorladi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика