So’nggi yangiliklar

22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  2 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  35 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   9 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 20:21Ўртоқлик ўйини. Шомуродов ва Файзуллаев ўйинни асосий таркибда бошлади  8 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  10 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  3 18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  1 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  1 17:10Гонконгга келган Златан Ибрагимович Брюс Ли билан "куч синашди", Гвардиол Хорватия махсус кучлари машғулотида қатнашди, Гвардиола мўйлов қўйди. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  3 16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  6 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 15:58Суперлига. 16-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Пахтакор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  3

Usmon Toshev: "O'yinni o'z nazoratimiz ostida olib bordik" Yangiliklar

Usmon Toshev: "O'yinni o'z nazoratimiz ostida olib bordik"

Teglar :  AndijonUsmon Toshev
“Andijon” “Xorazm” maydonida uch ochkoni qo'lga kiritib o'z muxlislarini quvontirishda davom etyapti.

Urganchdagi bellashuvdan so'ng andijonliklar ustozi Usmon Toshev o'yin haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

- Biz juda qiyin sharoitda o'ynadik. Maydonning sifati ham futbol o'ynash uchun etarli darajada talabga javob bermasdi. Lekin biz o'yinga yaxshi tayyorlangandik. Futbolchilarni ham uchrashuvga har tomonlama puxta tayyorlay oldik. Birinchi bo'limdan keyin 2:0 hisobida oldinda edik.

Umuman olganda, yomon o'ynamadik. SHunchaki, maydonning sifati o'yinimizga biroz tasir qildi. O'z darvozamizdan to'p o'tkazib yuborganimizdan keyin yigitlarimiz ozgina asabiylashishdi. Ammo hisob 1:2 bo'lgandan so'ng yigitlarimizda vahima kuzatilmadi. Ana endi hisob tenglashib qolishi mumkin degan xadik hech bir yigitimizda kuzatilmadi. O'yinni o'z nazoratimiz ostida olib bordik. Raqib darvozasiga uchinchi golni ham urishimiz mumkin edi.

Umuman, g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. To'g'ri, xatolarimiz bor. Ammo muhimi o'yinimiz bor. Futbolchilarimizda ham o'ziga bo'lgan ishonch bor. Ayniqsa, ularning ruhiy holati juda yaxshi. Men o'ylaymanki, buning tasiri albatta “Orol” bilan uchrashuvda ham seziladi. Biroq Nukusdagi o'yin yanada qiyin bo'ladi. CHunki biz u erda suniy maydonda o'ynaymiz. Nima bo'lganda ham biz ushbu bellashuvga tayyorlanamiz, - deydi Toshev.


"Andijon" matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика