"Ural" nazorat o'yinida "soqqa" ishlab olishga urindimi?
09 fev 2018 14:10
Yangiliklar
"Ural" nazorat o'yinida "soqqa" ishlab olishga urindimi?
Kelishilgan o'yinlarni aniqlaydigan Federbet notijorat tashkiloti Rossiyaning "Ural" hamda Belorusning "Gomel" klubi o'rtasidagi nazorat uchrashuvida shubhali tikishlar haqida malum qildi.
Malumot birinchi bo'lim yakunlanishidan oldin etib keldi.
Aleksandr Tarxanov shogirdlari 5:2 hisobida irodali g'alabaga erishdi.
"Juda ko'p tikishdi. Uchrashuv kelishilgan bo'lishi mumkin. Birinchi bo'limda "Gomel"ning g'alabasiga, uchrashuvda esa "Ural"ning muvaffaqiyatiga tikishmoqda. Uchrashuvda kamida 4ta gol bo'lishi va Rossiya klubi 2ta to'p farqi bilan g'alaba qozonishiga pul tikishga urinishmoqda. "Ural 3:1 hisobida zafar quchsa kerak" - dedi Federbet rahbari Franchesko Baranka birinchi bo'lim yakunlanishidan oldin.
"Bu men ko'rgan eng shubhali bahs. Faoliyatimda hali bunaqasi bo'lmagan. O'rtoqlik uchrashuvlari kelishilgan o'yinlarni tashkillashtirish uchun mashg'ulotga aylanmoqda" - deydi Baranka.
Fikrlar