"Uni juda sog'inaman". Gvardiola Kloppning ketishi haqida
20 may 14:04
Yangiliklar
"Uni juda sog'inaman". Gvardiola Kloppning ketishi haqida
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning so'nggi turida "Vest Xem"ga qarshi o'yindan so'ng (3:1) "Liverpul"da so'nggi o'yinini o'tkazgan Yurgen Klopp haqidagi savolga emocional tarzda javob berdi.
Oldinroq germaniyalik ispaniyalikni dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb atagandi.
"Uni juda sog'inaman. Yurgen haqiqatan ham hayotimning muhim qismi edi. U meni murabbiy sifatida keyingi bosqichga olib chiqdi. Biz bir-birimizni cheksiz hurmat qilamiz.
Uning qaytib kelishini his qilyapman. Men haqimdagi so'zlari uchun unga katta rahmat, lekin klub menga ko'p narsa beradi, men bularni yolg'iz o'zim qila olmasdim.
U mening hayotimda katta raqib bo'lgan. Men ularni boshqa jamoalar kabi jazolay olmasdim, buni amalga oshirish mushkul edi".
Fikrlar