So’nggi yangiliklar

01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  1 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  3 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  52 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  30 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  109 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  697 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  6 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0

Unga jahon kubogini bering. JCHda nega Lionel Messiga muxlislik qilaman? Yangiliklar

Unga jahon kubogini bering. JCHda nega Lionel Messiga muxlislik qilaman?

Zamonaviy futboldagi eng kulgili gap bu: Lionel Messi katta iqtidor egasi, biroq Messi hech qachon uni mehnat bilan rivojlantirishga harakat qilmaydi.

Unda maydonda piyoda yurish, kerakli paytda muhim paslarni berish yoki tezlashish sifatlari mavjud.

Mayli, qanchadir muddat avval shunday bo'lgan. Yosh va Leoning jamoadoshlari mehnat qilishga majburlamagan paytlar bo'lgan. Aynan shu mehnatsiz Messi 2013/14 mavsumni juda yomon o'tkazdi. CHempionlar ligasidan chiqib ketish, Ispaniya chempionatida qo'ldan chiqarilgan g'alaba. Albatta, hammasida Xerardo Martinoni ayblashdi. Biroq Messi kerakli paytda o'zini ko'rsata olmasligi haqida yana bong ura boshlashdi.

Leo bir necha haftaga yo'qolib qoldi va jahon chempionati oldidan uning tatildagi suratlari tarqalib ketdi. Muxlislar bunday baquvvat Messini birinchi marta ko'rishayotgan edi.


Leoning jismoniy holati deyarli ideal darajada bo'lgan. Argentinalik chempionatdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng, dietolog yollab, oshpazini almashtirgani haqida intervyu berdi. U Braziliyaga kuch va g'azabga to'lib bordi. Argentina final bosqichigacha chiqdi. Agar 4 yil o'tib Leo jamoaga yordam bermagan deb o'ylasangiz, eslatib qo'yaman. Finalda argentinaliklar markaziy himoyasida Demichelis va Garay o'ynashdi, o'yinni kuchaytirish uchun esa zaxiradan 32 yoshli Rodrigo Palasio tushdi. Qo'shimchasiga hammani kechira oladigan Iguain.

So'nggi mavsum Messi uchun o'sha omadsizlikni eslatmoqda. "Barsa" CHempionlar ligasini ahmoqona tark etganidan so'ng, ular chempionatni kuch ishlatmay yakunlashdi, chunki eng yaqin taqibchi bilan farq juda katta edi. Kataloniyadagilarning yozishicha, Leo Rimdan qaytishdayoq bor etiborini mundialga qaratgan. U uchun 11 apreldan faqat jahon chempionati bor edi.

Bu gaplarni Messi o'zining intervyularidan birida tasdiqladi. Undan "Barsa" sovrinini milliy jamoanikiga almashtirish haqida so'rashganida, futbolchi ijobiy javob berdi. "Barselona"ning bazi muxlislari bu gaplardan shokka tushib qoldi. Ammo Kataloniyada bunga jiddiy etibor qaratilmadi. Klubda sovrin yutish bo'yicha Messi jahon futboli etakchilaridan biri. Terma jamoada esa u bir nechta finallarda mag'lub bo'lgan. U yutqazishni yomon ko'radi.

Argentina terma jamoasi o'rniga Rossiyaga qandaydir futbol transformerining ahmoqona turi yo'l olmoqda. 2-3-2-3 sxemasidagi mahluq. Xorxe Sampaoli futbolni juda yaxshi tushunadi, biroq har safar u hammasini qiyinlashtirib yuboradi.

Messi jahon chempionatisiz qolishi mumkin edi. Biroq muhim pallada Ekvadorni taslim etdi a jamoani Rossiya tomon ergashtirdi. Bu jamoaga muxlislik qilish niyatim yo'q. Ayniqsa har o'yinda sxema o'zgartiradiganiga. Bu turdagi ikkinchi jamoaga ishqibozlik qila olmayman (birinchisi Rossiya).

Lionel Messiga jahon kubogi kerak. Bu g'alabada uning roli haqida nima deyishlarining farqi yo'q. Futbol tarixidagi eng muhim o'yinchilardan biri terma jamoasi bilan birorta sovrin qo'lga kiritishi kerak. Messida boshqa variant yo'q.

Qanchonlardir Ronaldino "CHelsi" darvozasiga bitta gol urib, futbol chiroyli va biroz aqldan ozdiradigan bo'lishi kerakligini tushuntirish qo'ygan. Faoliyati davomida esa mehnat qilmasang hammasidan ayrilish mumkinligini ham ko'rsatdi. Messi o'z ustida ishlay oladigan yigit. Rossiya unga jahon kubogini sovg'a qil.

Manba: Championat.com

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика