So’nggi yangiliklar

21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  1 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  19 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  27 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4

Ummonga qarshi o'yinlarni Ceytlin va Ermatov boshqaradi Yangiliklar

Ummonga qarshi o'yinlarni Ceytlin va Ermatov boshqaradi

O'zbekiston milliy terma jamoasining 27 va 29 may kunlari Ummon milliy terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvlarini boshqarib boruvchi hakamlar nomi malum bo'ldi.
27 may, seshanba kuni Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasi stadionida bo'lib o'tadigan O'zbekiston va Ummon milliy terma jamoalari o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvini o'zbekistonlik FIFA referisi Vladislav Ceytlin boshqarib boradi. Unga qanotlarda toshkentlik Temur Gaynullin va Toshkent viloyatidan Andrey Capenko yordam beradi.

29 may, payshanba kuni Toshkentdagi Jar stadionida bo'lib o'tadigan ikkinchi uchrashuvni FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Ushbu o'yinda Ermatov Braziliyada bo'lib o'tadigan 2014 yilgi jahon chempionati bahslarida ishtirok etadigan tarkibi bilan ishtirok etadi – qanotlarda unga o'zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov va qirg'izistonlik Bahodir Qo'chqorov yordam beradi.

Eslatib o'tamiz, har ikkala o'yin mahalliy vaqt bilan 19:00da boshlanadi. Uchrashuv chiptalari 7 va 10 ming so'mdan sotuvga chiqariladi. Uchrashuvlarni yoritish istagida bo'lgan OAV xodimlari O'zPFL tomonidan Oliy Liga, O'zbekiston Kubogi va O'zbekiston Birinchiligi o'yinlari uchun berilgan akkreditaciyalar bilan kirishlari mumkin.

Malumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi Ummonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlariga tayyorgarlikni 24 may, shanba kuni boshlaydi. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Toshkentda boshlanadigan yig'inga 30 nafar futbolchini taklif qilgan. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика