So’nggi yangiliklar

13:05Йилнинг охирги ўйинлари TVCOM'да  0 12:57"Арсенал" ва "Манчестер Сити" собиқ футболчиси "Кан" бош мураббийи этиб тайинланди  0 12:31Ўзбекистон U-18 терма жамоасининг Туркияга йўл оладиган таркиби эълон қилинди  1 12:15Маурицио Сарри юрагидан операция қилинди  0 11:52Кореяга кетиши кутилган футболчи "Сўғдиёна" билан шартномасини узайтирди  1 11:29Артета қишки трансфер ойнасида "Арсенал" таркибини кучайтиришга бел боғлади  1 11:05Бугун Қатарга қарши ўйнаймиз  2 10:21Расман. "Локомотив" ва "Сўғдиёна" каби жамоаларни бошқарган мураббий Пролига клуби бош мураббийига айланди  2 09:52Фарғона вилояти кубоги-2025. Финал учрашуви бўлиб ўтди  3 09:23"Реал" энг ёмонлар орасида иккинчи бўлди  1 08:54"Олимпик" собиқ бош мураббийи "Бухоро"да иш бошлайди  3 08:25Хуршид Ғиёсов: “Кучли амбицияга эга клуб сафида тўп тепиш мен учун шараф”  5 07:55Пролига дебютанти бир қатор тажрибали футболчилар билан шартнома имзолади  8 07:35Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  27 02:49А Серия. "Рома" ғалабага эришди ва тўртинчи ўринга кўтарилди  0

"Umid qilamanki, tarkibni kuchaytira olamiz" - Vitaliy Levchenko va "Neftchi"ning transferlardagi rejasi qanday? Yangiliklar

"Umid qilamanki, tarkibni kuchaytira olamiz" - Vitaliy Levchenko va "Neftchi"ning transferlardagi rejasi qanday?

Garchi tanaffus bo'lishiga qaramay Superliga jamoalari transferlar borasida bosh qotirishni boshlab yuborishgan.

Superligada mag'lubiyatsiz odimlayotgan "Neftchi"ning ham tabiiyki bu borada o'z rejalari bor. Farg'onaliklar ustozi Vitaliy Levchenko bilan suhbat jarayonida transferlar, kubokda guruhda qolib ketish va chempionat bahslari haqida ayrim fikrlarni oldik. 


- Superligada birinchi davra deyarli yakunlandi. Mavsum boshida ketma-ket g'alabalar qo'lga kiritila boshlandi. Ammo o'rtada duranglar seriyasi boshlanib ketdi. SHunday ekan dastlab bu haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?

- Haqiqatdan ham "Neftchi" uchun mavsum omadli boshlandi. Keyinchalik esa pasayish yuz berdi. Yigitlar qaerdadir bo'shashishdi. Bu ko'proq psixologik holat bilan bog'liq, deb o'ylayman. Jamoa o'yiniga tasir qiladigan obektiv sabablari ham bor. 

- Kubokda chempionatga qaraganda ko'proq ikkinchi tarkib, kam o'yin amaliyotiga ega futbolchilarga imkon berdingiz. Nisbatan engilroq guruhda qolib ketish kutilmagan holat sifatida qabul qilindi. Jamoa oldiga O'zbekiston kubogida jiddiy vazifa qo'yilmaganmidi? 

- Tarkibda bilib turib rotatciyalarga qo'l urdim. Aytganingizdek kam o'yin amaliyotiga ega futbolchilar bor. Ularga o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyatini berdik. Lekin guruhdan chiqish talablarini bajarishga hamma futbolchilar ham ruhiy jihatdan tayyor emasdi. 

- Asosiy muammo gol urishdami? Umuman jamoadagi hujumchilardan qanchalik qoniqyapsiz?

- Hozircha muammo ko'rmayapman. Jamoa deyarli har bir o'yinda gol urmoqda. Kim to'p kiritishini ahamiyati yo'q. Golli vaziyatlarni yaratishda butun jamoa mehnat qiladi. 

- Superliga haqida ko'pchilik ijobiy fikr bildirayotganiga qaramay o'yin cho'zishlar, hakamlarning qarorlari darajaga putur etkazmayaptimi?

- O'zbekiston chempionati darajasi to'g'risini aytganda ham yuqori. Xatolarga kelsak, hamma ham tirik inson, xato qilishga moyil. Bundan hech kim kafolatlanmagan. 

- "Neftchi" tarkibdagi ayrim poziciyalarni kuchaytirish ishlarini boshlaganmi? Transferlardagi reja qanday?

- Tarkibni kuchaytirish masalasiga kelsak, bu yo'nalishda ish olib borilyapti. Umid qilamanki, yozda tarkibni kuchaytira olamiz. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика