So’nggi yangiliklar

00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  6 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  3 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6

Umid Isoqov: "Neftchi"da 10 yil o'ynaganman. Futbol kuni stadion o'yin boshlanishidan 4-5 soat avval muxlislar bilan to'lardi" Yangiliklar

Umid Isoqov: "Neftchi"da 10 yil o'ynaganman. Futbol kuni stadion o'yin boshlanishidan 4-5 soat avval muxlislar bilan to'lardi"

"Neftchi" muxlislar klubi jamoaning faxriy futbolchilari bilan turli uchrashuvlar, onlayn muloqotlar tashkil etib kelayotgani haqida avvalgi xabarlarimizda malumot berib o'tgandik.

Bugun bir guruh farg'onalik muxlislar jamoaning faxriy futbolchilaridan hisoblangan Umid Isoqov bilan onlayn muloqot tashkil etishdi. Saytimiz muxbiri mazkur muloqotda ishtirok etdi va suhbat jarayonini yozib oldi. Onlayn muloqot savol-javob ko'rinishida etiboringizga havola etilmoqda.

- Umidjon, avvalo, futbolga kirib kelishingiz, birinchi murabbiyingiz haqida aytib bersangiz.

- Katta futboldagi faoliyatimni 1996 yilda Qo'qonda boshlaganman. Keyinchalik 1997-2004 yillarda Yuriy Sarkisyan boshqaruvidagi "Neftchi" safida o'ynadim. Birinchi murabbiyim dadam bo'lganlar.

- Umid Isoqov hozirgi kunda nimalar bilan band?

- Professional futboldagi faoliyatimni 2011 yilda yakunlagandim. SHundan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanib kelyapman. Qo'qon shahrida xususiy kafe tashkil qilganmiz.

- Faoliyatingizdagi birinchi urgan golingizni xotirlay olasizmi?

- Albatta, yodimda bor. 1997 yili "Xorazm" jamoasiga qarshi o'yinda professional futboldagi ilk golimni urgandim. O'sha o'yinda 0:1 hisobida yutqazayotgandik. Men zaxiradan maydonga tushganman. Dastlab Atayan penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirgan. Keyinroq Knyazovning uzatmasidan so'ng bosh bilan zarba yo'llab, gol urganman. O'shanda 2:1 hisobida g'alaba qozonganmiz.

- Faoliyatingizni yakunlaganingizdan so'ng murabbiylik haqida o'ylab ko'rmadingizmi?

- To'g'risini aytganda, bunga xohishim bo'lmagan. Balki ruhan charchab qolgandirman. Futbolni tugatganimdan so'ng tadbirkorlik kasbini tanlaganman. To'g'ri, oldimda takliflar bo'lgan, lekin o'zimda murabbiylik faoliyatiga qatiy ishtiyoq bo'lmagan.

Lekin hozir ikki nafar farzandim futbol bilan shug'ullanishadi. Katta o'g'lim "Qo'qon-1912" klubida, kichik o'g'lim "Odil-Junior" futbol maktabida. Yaqin orada ularning nomlari katta futbolda yangray boshlashiga umid qilyapmiz. 3 o'g'lim, 1 qizim bor.

- Nega hozir o'zbek futbolida siz kabi hujumchilar soni kamayib ketgan deb o'ylaysiz?

- O'sha davrda kuchli hujumchilar soni chindan ko'p edi. Anvar Berdiev, Jafar Irismetov, Zafar Xolmurodov, Baxtiyor Hamidullaev kabi mohir hujumchilarni o'yinlarini bevosita kuzatganman. Fikrimcha, hozirda bu kabi hujumchilarning kamligi murabbiy yosh futbolchilarga ortiqcha yuklamalarni berayotganidan bo'lsa kerak. Masalan, murabbiy hujumchiga 3 metr masofada tur, to'p kelayotganda mana bunday harakat qil, deb ko'rsatma beradi, bola xuddi kompyuter kabi bir chiziq atrofida dasturlanib qoladi. Hujumchiga ko'proq erkinlik berish kerak, o'zi o'yinlar orqali kuchli tomonlarini aniqlasin, xulosa qilsin. Bular shaxsiy tajribalarimdan kelib aytilgan xulosalar, albatta.

- Sizningcha, o'sha vaqtdagi muxlislik bilan hozirgi muxlislik o'rtasida qanday farq bor?

- Bu borada ijobiy fikr aytolmayman. O'sha davrning futboli ham, muxlisi ham boshqacha bo'lgan. "Neftchi"da 10 yil davomida o'ynaganman. Futbol kuni stadion o'yin boshlanishidan 4-5 soat avval muxlislar bilan to'lardi. Hozirgi kunda stadionlarda tomoshabinlarning soni ko'p emasligiga sabab futbolning o'sha davrdagi kabi emasligida deb bilaman. O'yin tomosha qilgani borib turaman, ko'pi bilan 4-5 ming atrofida muxlis kelyapti. Yangi mavsumdan "Neftchi" yana Superligada o'ynaydi, jamoa o'sha davrdagi kabi darajasiga chiqishiga tilakdoshman.

- Faoliyatingiz davomida yodingizda qolgan eng yaxshi o'yin qaysi?

- Professional futbolda 17 yil o'ynadim. Juda ko'p o'yinlar o'tkazganmiz. Eng yodda qolgan o'yin "Do'stlik"ga qarshi safarda o'tkazilgan bahs. O'shanda bu jamoa "Neftchi" bilan chempionlik yo'lida kurashayotgan edi. Safarda adashmasam, 4:1 hisobida g'alaba qozonganmiz, men xet-trik qayd etgandim.

- Siz uchun qaysi himoyachilarga qarshi o'ynash eng qiyin bo'lgan?

- O'sha davrda kuchli himoyachilar ko'p bo'lgan. Biroq yodda qolganlari sifatida Baxtiyor Ashurmatov, Asror Aliqulov, Davron Fayziev, Fevzi Davletovni ko'rsatishim mumkin.

- Yuriy Sarkisyan haqida fikringiz qanday?

- Albatta, Yuriy Vazgenovich o'z davrining eng kuchli murabbiylaridan biri bo'lgan buyuk mutaxassis. Mening Umid Isoqov bo'lib tanilishimda, u kishining xizmatlari beqiyos. Hozirgacha aloqadamiz, bayramlarda bir-birimizni tabriklaymiz. Bu dunyoda hammaga birdek yoqib bo'lmaydi, balki u kimgadir yoqmas. Lekin u kishi xotiramda hamisha eng buyuk murabbiy sifatida qolaveradi.

- Umra safarini ado etishingizga ham aynan Sarkisyan sabab bo'lgani rostmi?

- Ha, bu to'g'ri. Saudiya Arabistoniga OCHLda "Al Ittihod" bilan o'ynash uchun borganimizda shunday imkoniyat bo'lgan. O'shanda Yuriy Vazgenovich "Yana bu erga kelishga imkon bo'ladimi-yo'qmi, boringlar, ziyorat qilib kelinglar" deb aytgandi. Biz o'shanda Umra ziyoratini ado etganmiz. Bu haqda avvalgi intervyularimda ham aytib o'tganman.

- "Neftchi" muxlislariga tilaklaringiz qanday?

- Avvalo futboldagi faoliyatimni yakunlaganimga 11 yil bo'lganiga qaramay, meni eslaganlaring uchun minnatdorchilik bildiraman. "Neftchi" yangi mavsumda yana o'zining shonli davriga qaytishiga, jamoaga faqat va faqat g'alabalar yor bo'lishiga tilakdoshman.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика