So’nggi yangiliklar

11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4

Umid Ahmadjonov yosh hakamlarni tanlab olish mezonlarini tasdiqladi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov yosh hakamlarni tanlab olish mezonlarini tasdiqladi

Teglar :  HakamlarO'FF
Futbol musobaqalarida hakamlik qilish uchun malakali hakamlar va yordamchi hakamlar sonini ko'paytirish maqsadida O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan hakamlarni saralab olish dasturi ishlab chiqildi.

Ushbu dasturga muvofiq dastlabki bosqichda hakamlarni tanlab olish Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar futbol federaciyalari tomonidan amalga oshiriladi.

O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov yosh hakamlarni tanlab olish mezonlarini tasdiqladi. Unga ko'ra endilikda yosh hakamlarni tanlab olishda qo'yiladigan mezonlar quyidagilardan iborat:

1.Erkaklarning bo'yi 175 sm, ayollarning bo'yi esa 165 sm dan kam bo'lmasligi kerak.
2. Hakamlikka nomzodlarning yoshi 18 yoshdan 32 yoshgacha bo'lishi zarur.
3. Ingliz tilini bilishi
4. Kompyuterdan foydalanish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak.


SHuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federaciyalari tomonidan yosh hakamlar uchun 15 soatdan kam bo'lmagan hajmdagi kirish kurslari tashkil etilishi lozim. Kirish kurslariga amaliy mashqlar, o'yin Qoidalari bo'yicha nazariy bilimlar, hakam va hakam yordamchilarining o'rni va majburiyatlari, shuningdek, o'yin qoidalari va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha testlar kiritiladi.

Kirish kurslari yakunlanishiga qo'shimcha tarzda barcha yosh hakamlar va hakam yordamchilari kamida bir chorakda bir marta seminarlardan o'tishi kerak. Seminarlarda o'yinlardagi qaltis holatlar, muammolar, xatolarni tan olinishi, FIFA va OFKning o'yin Qoidalari bo'yicha direktiva va interpretaciyalari kabi mavzular muhokama qilib boriladi. SHuningdek, seminarlar o'yin Qoidalari bo'yicha yozma test va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha testlarni o'z ichiga oladi.

Joylarda malakali hakamlarni tayyorlash uchun viloyatlar 4ta hududga bo'lingan holda, har bir hududga ikki nafardan O'FF vakili biriktirilgan.

1-hudud: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari. O'FF masullari - Oleg Dachev va Baxtiyor Tog'aev.

2-hudud: Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari. O'FF masullari - Arslon Hotamov va Artyom Arutyunov.

3-hudud: Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari. O'FF masullari - Vladislav Ceytlin va Baxtiyor Namozov.

4-hudud:Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyati va Toshkent shahri. O'FF masullari - Aleksandr Popov va Dmitriy Roman.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика