So’nggi yangiliklar

17:26Эшитдик-да! "Зўр ТВ" Чемпионлар Лигасини намойиш этади  1 16:51Ўзбекистон футзал терма жамоаси Японияга қарши ўртоқлик ўйинида қатнашмоқда (онлайн ҳисоб)  0 16:35Про лига. "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  0 16:22Месси гол урилмаган пенальтилар сони бўйича Роналдуга яқинлашиб олди  1 15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  4 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  3 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  3 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  10 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  16 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  2 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  7 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  2

Umid Ahmadjonov: "Urugvay kabi jamoalarga karshi uchrashuvlar katta maktabdir" Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: "Urugvay kabi jamoalarga karshi uchrashuvlar katta maktabdir"

Urugvay va O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinidan so'ng O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Qayd etish kerak, uchrashuv davom etayotgan vaqtda Ahmadjonov Yaponiya poytaxti Tokioda bo'lib turgandi.

"O'yinni miriqib tomosha qildim. Urugvaydek top jamoaga qarshi yosh futbolchilarimizning qanday harakat qilishini kuzatish hammamiz uchun qiziq edi. Qolaversa, bunday kuchli jamoalar bilan har doim ham o'ynayvermaymiz, bu tarixiy o'yin edi. Zero yurtimiz mustaqillikka erishib, O'zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro maydonda o'ynay boshlaganidan buyon hali bu darajadagi terma jamoalar bilan na o'rtoqlik va na rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan edik", — deb gap boshladi Ahmadjonov.

"Natija biz uchun ko'ngilsiz emas. CHunki Urugvay variantida to'xtalayotganimizda ham natija haqida o'ylamaganmiz. Bizga xalqaro tajriba va kuchli maktab kerak. Urugvay bu borada juda yaxshi tanlov edi. O'ylashimcha, birinchi bo'limda futbolchilarimiz kutilganidan-da yaxshiroq futbol namoyish eta olishdi. Ikkinchi 45 daqiqalikda esa deyarli barcha jabhalarda imkoniyatni boy berib qo'ydik".

Urugvay termasi birinchi bo'limdagi qarshi hujumni muvaffaqiyatli yakunlay olgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda hisobni yirik ko'rinishga olib kelgandi.

"Agar mana shunday raqiblar bilan tinimsiz kurash olib borish imkoniyati bo'lsa, yigitlarda ham ko'nikma shakllanadi. Bora-bora ishonch ortishi, maydondagi teng kurashlar daqiqasi bosqichma-bosqich ko'payib borishi mumkin. Garchi Jahon CHempionatiga chiqa olmagan bo'lsak-da, Senegal, Marokash, Urugvay kabilar bilan o'ynab, potencialimiz borasidagi tasavvurlarimizni bir qadar boyitdik. O'FA shu yo'lida davom etadi va o'rtoqlik o'yinlarini muntazam tashkil qilish uchun harakat qiladi".

Urugvay — O'zbekiston o'yinini "Sport" telekanalidan tashqari, Rossiya kanallari ham efirga jonli uzatdi. CHunki Urugvay JCH—2018da Rossiya bilan bir guruhdan joy olgan.

"SHunchaki rossiyalik sharhlovchilarning o'zimiz haqimizdagi fikrlarini bilish uchun o'yinni Rossiya kanalidan kuzatib bordim. Ularning yosh futbolchilarimizga, Osiyo CHempionatidagi natijamizga bo'lgan ijobiy fikrlari xursand qildi. Kimdir aytishi mumkin, o'sha Osiyo CHempionati kerak emas-ku, deya. Yo'q, men bunga qo'shilmayman. O'shanday musobaqalar o'zimizga bo'lgan ishonchni oshirib olish uchun, futbolchilarimiz ko'ziga o'tni qaytarish uchun ham kerak. Haqiqiy musobaqalar hali oldinda ekanini biz ham bilib turibmiz va shuning uchun ham tayyorgarlikni o'sha Xitoydagi musobaqadan boshlagandik".

Oldinda O'zbekiston termasini Osiyo O'yinlari, kelasi yilning yanvarida esa Osiyo Kubogi kutib turibdi.

"Biz top termalarga qarshi o'yinlarni legionerlarsiz o'tkazganimizni unutmasligimiz kerak. Kuzdan boshlab har oyda FIFA kunlari bor. Bu tarkibga Ahmedov, SHomurodov, Hamdamov, SHukurov, Denisov kabilar qo'shilsa, biz yanada kuchayishimizni tasavvur qilib ko'ring. SHunday jamoa tuzishimiz kerakki, Osiyo Kubogida Yaponiyaga ham, keyinroq boshqa jamoalarga ham bemalol tik boqa olaylik".

Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика