So’nggi yangiliklar

00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  93 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  8 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   16 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  10 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

Umid Ahmadjonov Nukusdagi maktabgacha talim muassasasining ochilish marosimida ishtirok etdi FOTO Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Nukusdagi maktabgacha talim muassasasining ochilish marosimida ishtirok etdi FOTO

Xabar berib o'tganimizdek, Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ayni paytda sport festivalida ishtirok etish uchun Qoraqalpog'iston poytaxti Nukus shahrida bo'lib turibdi.

"Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan shaharda yangi, zamonaviy, barcha talablarga javob beruvchi 48-sonli maktabgacha talim muassasasi ish boshladi. Bugun, uning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi mutasaddilari bilan birgalikda Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi. Bayram tadbirida ushbu muassasa tarbiyalanuvchilariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sovg'alari topshirildi. Ochilish marosimida o'zbek futboli yulduzlari Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov, Doston Hamdamov, Jamshid Iskanderov yosh sport ihlosmandlariga master-klass namoyish etib berishdi. 

SHuningdek, o'zbek estradasi yulduzlari Jasur Umirov, Bahrom Nazarov, Farhod va SHirin, "Ummon" guruhi kabi elimiz suygan sanatkorlar o'z chiqishlari bilan yig'ilganlarga yuqori kayfiyat bag'ishladilar."O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi aholini sportga qiziqtirishni eng quyi bo'g'indan boshlagan. Bu borada muhtaram yurtboshimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevning ko'rsatmalari asosida ish olib boryapmiz. Mana yangi maktabgacha talim muassasasining ochilish marosimida ishtirok etdik. Bu erda bolajonlarning talim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bunday muassasalar ko'payishidan xursandmiz", - dedi Umid Ahmadjonov.


Suratlar muallifi Xayrulla Xoliqov



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика