So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Umid Ahmadjonov Franciya futbol federaciyasida Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Franciya futbol federaciyasida

Umid Ahmadjonov bugun Franciya futbol federaciyasiga tashrif buyurdi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyada rasmiy tashrif bilan bo'lib, bir qator mutasaddilar va mutaxassislar bilan uchrashgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Bugun Umid Ahmadjonov Parijda Franciya futbol federaciyasi mutassaddilari - Franciya futbol federaciyasi Prezidenti mahkami boshlig'i Janob Kenni Jan Mari, Tashqi aloqalar va institutlararo aloqalar boshqarmasi boshlig'i Emili Doms va Franciya futbol federaciyasi Texnik direktori Filip Montaner bilan uchrashdi.



Uchrashuv davomida bolalar futboli bo'yicha franciyalik mutaxassislarni O'zbekistonga olib kelish, yurtimizdagi yosh futbolchilarni Franciya jamoalariga jalb qilish, Superligada ishtirok etadigan jamoalarning saviyasini oshirish, ularning ish faoliyatini Evropa andozalari asosida yo'lga qo'yish maqsadida klublar bosh direktorlari va akademiyalar rahbarlarini Parijga malaka oshirish va tajriba o'rganishga yuborish bo'yicha kelishuvga erishildi.


Bundan tashqari, shu yilning aprel – may oylarida Franciya futbol federaciyasi, Franciya Tashqi ishlar vazirligi va Franciya Sport vazirligi mutaxassislaridan tashil topgan delegaciya yurtimizga tashrif buyurishi ko'zda tutilgan. Ular Superliga klublarining marketing bo'yicha mutaxassislari ishtirokidagi seminarlarida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashib, klublarimizning marketing bo'yicha faoliyatini samarali yo'lga qo'yishga yordam berishadi.

Reyting: +91   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика