Umarali Rahmonaliev: "Navbahor" bilan uchrashuvda "Bunyodkor"ning nimalarga qodirligini ko'rsatishga harakat qilamiz"
		
		29 sen 2022 20:30
        Yangiliklar	
	 
				 
				Umarali Rahmonaliev: "Navbahor" bilan uchrashuvda "Bunyodkor"ning nimalarga qodirligini ko'rsatishga harakat qilamiz"
Ivan Boshkovich boshchiligidagi "qaldirg'ochlar" o'z qarorgohlarida tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. Kechagi mashg'ulotlarda barcha futbolchilar ishtirok etdi. "Navbahor"ga qarshi o'yinni Suhrob Izzatov va Davronjon Ergashev diskvalifikaciya sabab o'tkazib yuboradi.
Oldindagi bahs haqida Umarali Rahmonaliev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Oldinda qiyin o'yin kutmoqda. "Navbahor" chempionlik uchun kurashayotgan jamoa hisoblanadi. SHunga yarasha tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bu uchrashuvda yaxshi natija qayd etib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Borimizni beramiz, tamom. "Bunyodkor" nimalarga qodirligini ko'rsatmoqchimiz.
Sentyabr oyida terma jamoa bilan ko'p o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Urugvay, Argentina bilan kechgan bellashuvlar katta tajriba berdi. SHuning hisobiga bo'lsa kerak, Slovakiyaga qarshi bahs o'ylaganimizdanda engilroq kechdi",- deydi Umarali Rahmonaliev.
Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvi 1 oktyabr kuni 18:30da "Jar" stadionida bo'lib o'tadi. O'yinni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib boradi.
O’xshash yangiliklar
 championat.asia
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	 
             "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
                    "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
                    Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
                    Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
                    Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar