Umar Eshmurodov: "Havotirga o'rin yo'q, endigina birinchi uchrashuvni o'tkazdik"
14 jan 2024 02:09
Yangiliklar
Umar Eshmurodov: "Havotirga o'rin yo'q, endigina birinchi uchrashuvni o'tkazdik"
- Bugungi uchrashuv bo'yicha fikrlaringiz. Qiyin uchrashuv o'tkazdik. Bugungi rejamiz nega ish bermadi?
- Dastlabki uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik, ammo ayrim bir jihatlarda o'yinimiz qovushmadi. Birinchi bo'limda yaxshi hujum tashkil eta olmadik. Ikkinchi taymda esa ko'proq to'pni nazorat qildik va vaziyatlar yaratdik, lekin raqib darvozasini ishg'ol eta olmadik. Havotirga o'rin yo'q, musobaqa endi boshlandi va biz bor yo'g'i birinchi uchrashuvni o'tkazdik. Keyingi turlarda yaxshiroq natija qayd etishimizga ishonaman.
- Bugun himoya chizig'imiz qanday o'yin o'tkazdi? Himoyachilarimiz uchun bugungi uchrashuv qiyin kechdimi?
- Suriya terma jamoasi ko'proq himoyalandi va kam vaziyatlar yaratishdi. Mening fikrimcha bugun hujumchilarimiz ko'proq qiynalishdi, sababi raqib tartibli himoyalandi.
- Keyingi uchrashuvga terma jamoamiz qaysi jihatlarni kuchaytirishi kerak.
- Ko'proq ishtiyoq va ishonch bo'lishi kerak. Harakatdan to'xtamasligimiz kerak, keyingi uchrashuvlarda barchasi o'z joyiga tushadi.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar