So’nggi yangiliklar

20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  98 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  3 19:05Февзи Давлетов: "Бу каби баҳсларда кўп ҳам вазиятлар яратилмайди"  0 18:52Kelme бренди Аёллар Осиё Кубоги-2026 мусобақаси учун расмий тўпни тақдим этди  0 18:25Антони: "Месси ҳар доим менинг кумирим бўлган"  4 17:58Суперлига. ОКМК Термизда ғалаба қозона олмади, "Сурхон" учрашувни 10 киши бўлиб тугатди  4 17:47ЖЧ-2026 Европа плей-офф босқичига қуръа ташланди: иккита мундиални ўтказиб юборган Италия Шимолий Ирландия билан тўқнашади  15 17:28ЖЧ-2026 Қитъалараро плей-офф босқичига қуръа ташланди: саралашда 18 ўйиндан 10 тасида ютқазган Боливияда ҳам ҳали имкон бор  9 16:45Самвел Бабаян "Андижон" бош мураббийи бўладими?  22 16:29Суарес: "Мен доим танқид билан курашганман"  1 15:53"Бунёдкор"нинг ОЧЛдаги энг йирик ғалабасини ёдга оламиз   7 15:44Англиялик ҳужумчи Конго ДР терма жамоасида ўйнашга тайёр  1 15:17Путин: "Футбол мухлислари доимий равишда ҳакамлик сифатига эътибор беради"  6

Umar Eshmurodov FIFA saytiga intervyu berdi Yangiliklar

Umar Eshmurodov FIFA saytiga intervyu berdi

Himoyachi O'zbekistonning hozirga qadar jahon chempionati saralash bosqichida ko'rsatayotgan ijobiy natijalarini muhokama qilib, mamlakat tarixida ilk bor jahon chempionati finaliga chiqishiga ishonch bildirmoqda.

Yillar davomida jahon chempionati saralash bosqichlarida etiborga loyiq natijalar ko'rsatganiga qaramay, O'zbekiston hali-hamon jahon chempionati final bosqichiga chiqa olmadi.

“Oq bo'rilar” 2014 yil mundialga juda yaqin kelishdi - faqatgina to'plar nisbatidagi farq tufayli avtomatik ravishda yo'llanmani qo'lga kirita olmadi va keyinchalik pley-offda Iordaniyaga mag'lub bo'ldi. Biroq jamoa nihoyat bu to'siqni engib o'tib, Kanada, Meksika va AQSHda o'tkaziladigan 2026 yilgi turnirda ishtirok etishga umid qilmoqda.

Bu umid ikkita asosiy omilga asoslanadi. Birinchidan, kengaytirilgan turnirda 48 ta jamoa ishtirok etadi va Osiyoga sakkizta kafolatlangan o'rin hamda FIFA pley-off turnirida qatnashish imkoniyati berilgan.

Ikkinchidan, O'zbekiston OFK uchinchi bosqich saralash musobaqasida yaxshi natijalar qayd etmoqda, ular “A” guruhi etakchisi Eron bilan teng ochkoga ega. Ikkala jamoa ham to'rtta o'yindan 10 ochko to'plagan, Eron esa faqat gollar farqi hisobiga etakchilik qilmoqda.

O'zbekistonlik markaziy himoyachi Umar Eshmurodov FIFAga bergan eksklyuziv intervyusida jamoasining istiqboli haqida ishonch bilan gapirdi.

"Bizda jahon chempionatiga yo'llanma olish uchun juda yaxshi imkoniyat bor," dedi u. "O'zbekiston xalqi buni g'oyat hayajon bilan kutmoqda. Hozirda biz o'z vazifamizni bajarishimiz va har bir o'yinda eng yuqori darajada harakat qilishimiz kerak. Jamoa birdamlikda ishlashni davom ettirishi va eng yuqori saviyasini ko'rsatishi lozim. Bu nafaqat biz futbolchilar uchun, balki butun O'zbekiston uchun ham katta sharaf va ayni paytda katta masuliyatdir.

Muxlislarni xafa qilishga haqqimiz yo'q. Bizning g'alabalarimiz mamlakatimiz uchun juda muhim ahamiyatga ega, shu bois biz bu imkoniyatdan foydalanib, o'z nomimizni tarixga muhrlamoqchimiz."

31 yoshli futbolchi 14 noyabrda Qatarga va besh kundan so'ng Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga qarshi safarda o'tkaziladigan ikkita muhim o'yin oldidan barqaror o'yin ko'rsatish muhimligini takidladi.

"Bu bosqichda zaif jamoalar bo'lmagani uchun, har ikki o'yin ham qiyin kechishi kutilmoqda," - dedi Eshmurodov. "Qatar juda tajribali va kuchli jamoa bo'lgani sababli, ularga qarshi o'z imkoniyatlarimizni to'liq ishga solishimiz zarur.

Koreya DXR ham oson raqib emas. Biroq biz har bir o'yinda uch ochko uchun kurashga kiramiz, chunki har bir g'alaba bizni maqsadimiz sari yanada yaqinlashtiradi."

Srechko Katanec shogirdlari ushbu ikki o'yinda ketma-ket g'alaba qozona olsa, O'zbekiston o'z tarixidagi ilk jahon chempionati sari har qachongidan ham yaqinroq boradi. Eshmurodovning fikricha, mundial ishtirokchisiga aylanish mamlakat uchun tarixiy voqea bo'ladi.

"Jahon chempionatiga yo'llanma olish tariximizdagi eng katta muvaffaqiyat bo'ladi," deydi Koson tumanida tavallud topgan futbolchi. "SHubhasiz, mundial o'zbek xalqining azaliy orzusi hisobalanadi va bu biz uchun juda katta ahamiyatga ega. Biz jahon chempionatida qatnashishni va o'zbek futbolini jahon miqyosida tan olishlarini istaymiz. Bu nafaqat futbolchilar, balki butun millat uchun faxrlanadigan voqea bo'lardi. O'zbekistonni jahon futboli xaritasiga kiritish uchun bor kuchimizni safarbar qilamiz."

O'zbekiston terma jamoasida Evropa futbolining yuqori darajasida o'ynaydigan bir qancha futbolchilar bor. Jamoa sardori Eldor SHomurodov A Seriyaning "Roma" klubida, Abduqodir Husanov Franciyaning "Lans" jamoasida to'p tepmoqda, Abbosbek Fayzullaev esa Moskva CSKA sida asosiy pleymeyker hisoblanadi. Eshmurodovning takidlashicha, O'zbekiston jamoasida istedodlarga monand ravishda o'zaro birdamlik ham mavjud.

"Saralash bosqichi davomida biz shijoat va jamoaviy ruhga ega bo'ldik," dedi u. "Har bir futbolchi o'zining bor kuchini bag'ishlashga tayyor. Hozir bizda juda iqtidorli o'yinchilar bor, bu esa har bir o'yinda kurashishga tayyor bo'lgan jamoamiz borligini anglatadi. Jamoa ahil ishlaydi, bir-birini qo'llab-quvvatlaydi. Aynan shu omil maydondagi muvaffaqiyatimizga sabab bo'lmoqda."

Eshmurodov hozirda Malayziyaning "Selangor" jamoasining asosiy o'yinchilaridan biriga aylangan. U 2020 yilda xalqaro maydondagi debyutidan beri izchil taraqqiyotga erishdi va yanada yuqori cho'qqilarni zabt etishga intilmoqda.

"Men futbolchi sifatida ancha shakllandim va har kuni o'z o'yinimni takomillashtirish ustida ishlayapman," deya izoh berdi u. "Mashg'ulotlarni samarali o'tkazishni maqsad qilganman. Asosiy vazifam - jamoa uchun qo'limdan kelgan barcha ishni amalga oshirish.

Xayriyatki, "Selangor"da ishlar yaxshi ketyapti. Jamoada ko'plab yosh o'yinchilar bor va men ularni qo'llab-quvvatlashga, klub rivojlanishiga hissa qo'shishga harakat qilyapman. O'z tajribamni boshqalar bilan ulashishni yoqtiraman.

Maqsadim - milliy terma jamoamizning jahon chempionatiga chiqishiga yordam berish va xalqimizga quvonch ulashish. Bu barchamiz uchun juda muhim bo'lgani sababli, bor kuchimni sarflayman."

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика