So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:50BALLON D'OR-2025  101 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

Ulug'bek Mirzaev - "Bunyodkor" FK direktori Yangiliklar

Ulug'bek Mirzaev - "Bunyodkor" FK direktori

Mirzaev Ulug'bek Abdusattorovich "Bunyodkor" futbol klubi direktorligi lavozimiga qaytdi.

«Bunyodkor» futbol klubida uzoq yillar turli lavozimlarda mehnat qilgan, 2019 yil 8 yanvar kuni jamoaga direktor etib tayinlangan Ulug'bek Mirzaev qisqa tanaffusdan keyin rahbarlik lavozimida ish boshladi. 

Eslatib o'tamiz, «Bunyodkor» futbol klubi Ulug'bek Mirzaev rahbarligidagi ilk mavsumdayoq Superligada 3-o'rinni egallab, bronza medallarga ega chiqib, bir necha yillik tanaffusdan so'ng sovrindorlar qatoridan joy olgan va Osiyo CHempionlar ligasining saralash bosqichida ishtirok etgan edi.     

SHuningdek, Ulug'bek Mirzaev direktorligi davrida marketing yo'nalishida olib borilgan samarali ishlar tufayli jamoa reklama-hamkorlik shartnomalaridan malum summada mablag' ishlab topishga muyassar bo'ldi. Qolaversa, ajratilgan mablag'lar to'g'ri va maqsadli idora etilishi natijasida bir necha yillar davomida yig'ilib qolgan qarzlarning ko'p qismi to'lab berildi. Eng asosiysi, jamoa 2020 yilgi mavsumga futbolchi, murabbiy va xodimlardan qarz bo'lmay kirib keldi. 

"Qisqa muddatli tanaffusdan keyin direktorlik lavozimiga tiklangan Mirzaev Ulug'bek Abdusattorovichning «Bunyodkor»ga qaytishi samarali bo'lishini tilagan holda rahbarlik faoliyatiga omad tilab qolamiz!", - deyiladi klub xabarida.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика