So’nggi yangiliklar

11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  0 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  2 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  7 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  4 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  13 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  9 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4

Ulug'bek Ro'zimov: "Standart vaziyatlardan foydalanishimiz kerak edi" Yangiliklar

Ulug'bek Ro'zimov: "Standart vaziyatlardan foydalanishimiz kerak edi"

Milliy terma jamoamizning 10 sentyabr kuni Toshkentda Iordaniyaga alamli mag'lubiyatga uchrashi, JCH-2014ga bo'lgan umidimizni sarobga aylantirgani bor gap. Ushbu o'yindan so'ng, barchada turli xil fikrlar ilgari surilmoqda.
Terma jamomizning sobiq futbolchisi Ulug'bek Ro'zimov esa quyidagi fikrda.

- Iordaniyaga qarshi kechgan bahsni uyda, TV orqali ko'rdim. To'g'ri, stadionga borib kuzatsam ham bo'lardi. Ammo uyda xotirjam takror namoyishlari bilan ko'rganga nima etsin. Ochig'ini aytganda, shu kuni har ikkala jamoaning ham o'yinidan ko'nglim to'lmadi. Bunday o'yin bilan JCHga borish uchun kurashyotgan jamoalarning namoyish etgan o'yinidan so'ng, ularning nufuzli musobaqaga borishini kutish ham qiyin masala edi.

- Balki yigitlar murabbiylar ko'rsatmasini to'liq bajara olmagandir. Bilasizmi, Iordaniya bilan safardagi birinchi o'yinda durang qayd etib kelganimizdan so'ng, ularni o'z maydonimizda hotirjam o'ynab yutishimiz kerak edi. Biroq futbolchilarimiz birinchi bo'lib hisobni ochganidan so'ng, o'z kuchiga ortiqcha ishonib yuborishdi shekilli, o'yinni susaytirib yuborishdi. Ikkinchi  bo'limda sermaxsullikni oshirish uchun boshqa taktikalarda ham o'ynab ko'rish kerak edi, menimcha.

- SHuningdek terma jamoamizning asosiy kamchiligi deb, standart vaziyatlardan unumli foydalana olmaganini aytish mumkin. Futbolda o'yinda sodir bo'lgan 10ta standart vaziyatdan kamida 1tasidan aniq foydalana bilish juda muhim. Buni birinchi taymda yigitlarimiz qaysidir manoda uddaladi. Lekin uchrashuvning ikkinchi qismida, jarima yoki burchak to'plari ko'kka sovurildi.  

- Hujumchilar haqida gapiradigan bo'lsam, o'yinni o'z qo'liga olib, raqib jarima maydoni ichida o'zi uchun qulay vaziyat yaratadigan hujumchini ko'rmayapman. Yoki oldingi chiziq egalarini qulay paslar bilan taminlovchi futbolchi etishmadi. SHuning uchun ham aytarli golga tortadigan xavfli vaziyatlarni ko'rmadik.

- Iordaniyani JCH yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyati juda past deb bilaman. Bu o'yini bilan KONMEBOL vakilidan o'ta olishi amrimaxol. Bu borada ularning imkoniyat deyarli nol desam ham yanglishmagan bo'laman.

Jahongir Mirzo yozib oldi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика