So’nggi yangiliklar

00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Дарвозабоннинг ПСЖ билан шартномаси 2026 йилда тугайди, футболчи КЖЧ битимни узайтириш борасида қарор қабул қилади  0 23:58Шквирин "Андижон"да  1 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  3 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  18 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  15 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2

Ulug'bek Mirzaev: "Bunyodkor"ning 15 yilligida "Paxtakor" va "Bunyodkor" sobiq futbolchilari o'zaro o'ynashadi" Yangiliklar

Ulug'bek Mirzaev: "Bunyodkor"ning 15 yilligida "Paxtakor" va "Bunyodkor" sobiq futbolchilari o'zaro o'ynashadi"

Sir emaski, Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi joriy yilda o'zining 15 yillik yubileyini nishonlamoqda.

Odatda, bunday tantanalar maydonlarda katta bayram sifatida o'tkaziladi, bir qator faxriy futbolchilar ishtirokida o'rtoqlik uchrashuvi tashkil qilinadi. Eshitishimizga qaraganda, “qaldirg'ochlar” ham ushbu mavsumda bunga jiddiy yondashgan holda 15 yillik bayramga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilgan. Biz bu borada batafsil malumot olish maqsadida klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaevga yuzlanib, fikrlariga quloq tutdik.

“Hozirgi paytdan kelib chiqib futbol muxlislariga birinchi galda o'zimizni iliq salomimizni yo'llaymiz. O'ylaymanki, hali pandemiya ortda qoladi va biz yana stadionda ishqibozlar bilan ko'rishamiz. Bu kunlar yaqin, oz qoldi. Barchaga birinchi galda sog'lik va salomatlik tilaymiz.

Endi siz yuqorida keltirilgan masalaga to'xtaladigan bo'lsak, hammaning xabari bor “Bunyodkor” jamoasi dastlab 2005 yil 6 iyulda “Neftgazmontaj-Quruvchi” nomi bilan tashkil qilingan. 15 yil oz muddat emas, bu bayramni ko'tarinki kayfiyatda va yuqori saviyada o'tkazish rejamizda bor. Buni biz anchadan beri o'ylab yuribmiz. Rejaga o'tishdan oldin bir narsani aytib o'tmoqchiman. CHempionat o'yinlari tabiiyki, muxlislarsiz o'tkaziladi. Biz takidlayotgan 15 yillik bayramimizni ishqibozlarni tashrifisiz o'tkazish mantiqsiz narsa. Agar, muxlislar qo'yiladigan bo'lsa Superliga taqvimidan kelib chiqib tantanalarni sanasini aniqlashtiramiz. boringki, stadionga ishqibozlar kelishiga ruxsat tegmasa yubileyni kuzga ko'chirishga majbur bo'lamiz. Vaziyat qaltis tus olsa keyingi yilga ko'chiramiz. Yani hammasi pandemiya holatiga bog'liq.

Rejamizda katta shou qilib muxlislarni xursand qilish niyatimiz bor. SHu erda bir savol tug'iladi. Bayram qanday ko'rinishga ega bo'ladi? Bayramona ko'rinish olishini, estrada yulduzlari, futbolimizning taniqli shaxslari, obro'li insonlarini taklif qilmoqchimiz. Maydonda yubileyga bag'ishlangan yaqin o'tmishdagi afsonalar o'rtasida uchrashuv bo'ladi. Bunda biz klubimizning eng gullagan davridagi, katta g'alabalarni qo'lga kiritgan futbolchilarini chaqirmoqchimiz. 2007-2012 yillar oralig'ida jamoamizga eng azaliy raqib “Paxtakor” bo'lgan. Muxlislar ham o'sha paytdagi qizg'in ruhda kechgan derbilarni sog'inib qolishgani aniq. Stadionda biz shuni tashkil qilmoqchimiz. O'ylaymanki, bu juda katta qiziqish uyg'otadi. Mana hozir taxminiy tarkibni tuzishdan oldin aytishim mumkin, ko'p futbolchilarimiz yaqin yillarda faoliyatlarini yakunlashganligini bilasiz. Ularning birortasiga xayrlashuv uchrashuvi tashkil qilinmagan. Bir tomondan biz bu o'yinga ularni yurtimiz futbolidagi hurmati uchun xayrlashuv o'yini maqomini bermoqchimiz. Masalan, Murod Zuhurov, Pavel Bugalo, himoyachilardan Hayrullo Karimov, Sahob Jo'raev, Gochguli Gochguliev, yarim himoyada Viktor Karpenko, Server Jeparov, Timur Kapadze, hujumchilardan Ulug'bek Baqoev, Anvar Soliev, Kamoliddin Murzoev... Tadbirimiz ular uchun so'ngi xayrlashuv o'yini vazifasini ham bajaradi. “Paxtakor”dan esa Temur Jo'raev, Eldor Tojiboev, Boyan Miladinovich, Aleksandr Kleckov, Islom Inomov, Ilhom Suyunov, Zayniddin Tojiev, Farhod Tojiev, Dilshod SHarofetdinov, G'ulom O'runov. Ularning bir-biriga qarshi o'yinlarini barcha zavq bilan eslaydi.




Yana bir narsa ko'pchilikning xabari bor, futbolimizda tijoratlashtirish masalasi ko'tarilmoqda. Klublar bundan Buyog'iga bosqichma-bosqich o'zi harakat qilishi kerak. Engillikdan murakkablikka degan qoida bor. To'g'ri, biz bu o'yindan millionlab ishlamasmiz, lekin birinchi qadamni tashlagan bo'lamiz. Agarda, yaxshi reklama va yaxshi targ'ibot qilsak stadionni to'ldirishimiz mumkin. Bundan tashqari shu o'yinga bag'ishlab reklama shitlari bo'yicha alohida kompaniyalar bilan shartnoma tuzishimiz mumkin. Qiziqishni oshirish maqsadida tijoratchi tadbirkorlarni jalb qilishimiz mumkin. Bularni “Paxtakor” klubi bilan birgalikda amalga oshirmoqchimiz. Bazi bir tashkiliy jihatlarda ular bilan ham maslahatlashamiz. Asosiy maqsad bitta tadbirdan bir nechta samaraga erishishdir. Afsonalarni qadrlash, hurmatini joyiga qo'yib kuzatamiz, teatrlashtirilgan koncert dasturi, muxlislar uchun qulaylik yaratish, tijoriy tomondan malum bir darajada daromad olish.

SHuningdek bunday tadbirlarni viloyatlardan ham o'tkazmoqchimiz. Farg'onada “Neftchi” va “Bunyodkor” afsonalari o'rtasida, Mansur Saidov, G'ayrat Hasanov, Nosir Otaqo'zievlar bilan. Namanganda “Navbahor” afsonalari bilan Rashid G'ofurov, SHuhrat Mirholdirshoevlar ishtirokida. Qashqadaryoda Botir Qoraev, SHuhrat Toshpo'latov, Bahodir Annamatovlar bilan va hokazo. Bilsangiz, jahondagi ko'plab mamlakatlarda jamoalar faxriylari shunday ko'rgazmali chiqishlarni har bir hududlarda amalga oshirishadi. Biz ham shuni yo'lga qo'ymoqchimiz. Lekin, hozir pandemiya sharoiti va vaziyat o'zingizga malum. Taqvim va mavjud holatdan kelib chiqqan holda rejalarimizni navbati bilan bajarishga harakat qilamiz”, - deydi “Bunyodkor” bosh direktori Ulug'bek Mirzaev.



Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика