Ulug'bek Mirzaev: “Bizda dastlabki turlarda yaxshigina ochko jamg'arib olish imkoniyati mavjud”
09 fev 2020 10:41
Yangiliklar
Ulug'bek Mirzaev: “Bizda dastlabki turlarda yaxshigina ochko jamg'arib olish imkoniyati mavjud”
Boisi, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” yanvar oyida OCHL yo'llanmasi uchun bahslarda ishtirok etdi. Endilikda bu ikki poytaxt klubi Superligada yuqori o'rinlar uchun kurash olib boradi. “Qaldirg'ochlar” ilk turda Termizga safar qiladi. Keyin esa “Mashal” poytaxtda qabul qilinadi. Xo'sh, qura jamoaga qanday qulayliklarni olib keldi? Uy uchrashuvlari qaerda o'tkaziladi? Ushbu savollarga klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaev batafsil javob berib o'tdi.
“To'g'risini aytsam, hozir stadionimizda maysani tamirlash ishlari ketayotgani uchun 8-raqamli jamoa birinchi, ikkinchi turlarni safarda o'tkazishi ko'zda tutilgandi. SHunday bo'lsada, mavsumni baribir safarda boshlaymiz. Ertaga PFLdan uchrashuvni qaysi sanada o'tkazishimizni so'rab, aniqlashtirib olamiz. CHunki, Termizga aviachiptalarni oldindan buyurtma qilib qo'yish masalasini hal qilishimiz kerak. Taqvimga ko'ra, ettinchi turgacha bizda uzoq safarlar bo'lmas ekan. O'z maydonimizda “Mashal”, “Qo'qon-1912” bilan o'ynaymiz. Safarda “Lokomotiv”, “Paxtakor”, AGMKga qarshi maydonga chiqamiz. Yani barcha uchrashuvlarimizni Toshkent hududida o'tkazamiz. Ettinchi turga kelib Andijon shahriga safar uyushtiramiz. Bu ham jamoaga mavsumni osonroq boshlab olish imkonini beradi. Qura juda yaxshi keldi. Ketma-ket kuchli jamoalar bilan mavsumni boshlab ochko yo'qotishimiz ehtimoli kam. Dastlabki turlarda bemalol ochkolar jamg'arib olishimiz mumkin. O'tgan yili birinchi davrada safarda “Surxon”ga yutqazgan edik. Jamoamiz endi shakllanayotgan edi. Hozirga kelib tarkib ancha mukammal ko'rinishga keldi. Bir nechta tajribali futbolchilar kelib qo'shildi. O'ylaymanki, bu gal avvalgidek ochko yo'qotishlar bo'lmaydi”, - dedi “Bunyodkor” jamoasi bosh direktori.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar