Ulug'bek Hoshimov: "Paxtakor"ga qarshi birinchi marta o'ynayotganim yo'q"
12 avg 11:58
Yangiliklar
Ulug'bek Hoshimov: "Paxtakor"ga qarshi birinchi marta o'ynayotganim yo'q"
- Bugungi o'yin qanday taassurot qoldirdi?
- Yaxshi o'yin bo'ldi. G'alaba qozonishimiz mumkin edi, biroq so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yubordik. G'alabaga loyiq edik.
- Sobiq jamoaningiz "Paxtakor"ga qarshi maydonga tushishning qandaydir tasiri sezildimi?
- "Paxtakor"ga qarshi birinchi marta o'ynayotganim yo'q. Menimcha, to'rtinchisi. Jarohatim tufayli bellashuvni yakuniga etkaza olmay qoldim. Hozir holatim yaxshi.
- "Dinamo" safardagi bellashuvlarda 3 ochko qo'lga kiritayotganiga qaramay, o'z maydonidagi so'nggi o'yinlarda muhim ochkolarni boy bermoqda. Bu muxlislar oldidagi bosim bilan bog'liq emasmi?
- Yo'q, buning aloqasi yo'q. O'ylashimcha, navbatdagi o'yinlarda yaxshi natijaga erishiladi.
- "Dinamo" keyingi tur chempionlik uchun yana bir davogar – OKMK bilan kuch sinashadi. Jamoa "Paxtakor"ga qarshi qiyin o'yindan so'ng qisqa fursatda navbatdagi kuchli raqibga etarlicha tayyorgarlik ko'ra oladimi?
- Biz faqatgina "Paxtakor"ga qarshi maxsus tayyorgarlik ko'rmaymiz, balki Superliganing har bir ishtirokchisiga qarshi to'laqonli tayyorgarlik bilan maydonga chiqamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar