Ulug'bek Baqoev "Neftchi"ga qarshi o'yindan keyin: "Hakamlarni baholash mening vakolatimga kirmaydi"
15 sen 2022 17:25
Yangiliklar
Ulug'bek Baqoev "Neftchi"ga qarshi o'yindan keyin: "Hakamlarni baholash mening vakolatimga kirmaydi"
Superliganing 16-turidan o'rin olgan, qoldirilgan "So'g'diyona" - "Neftchi" (0:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yinni yaxshi boshladik, bir qator hujumlar qildik. Ammo chetlatish barchasini sindirdi. SHunga qaramay baribir biz yaxshiroq o'ynadik. Yigitlarga rahmat aytaman. 10 kishi bo'lib raqibdan ko'proq hujum qilishgani uchun minnatdorchilik bildiraman.
Hakamlarning qarorlarini muhokama qilmoqchi emasman. Bu birinchi marta bo'lmayapti, ularga baho beradigan maxsus komissiya bor. Hakamlarni baholash mening vakolatimga kirmaydi", - dedi Ulug'bek Baqoev.
Eslatib o'tamiz, uchrashuvning 12-daqiqasida "So'g'diyona" futbolchisi VAR yordamida maydondan chetlatilgandi.
Vladimir Ejurov: "10 kishi bo'lib o'ynash oson emas"
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar