Ulug'bek Baqoev: "Agarda bitta gol urganimizda, o'yin tamomila boshqacha tusga kirardi"
30 sen 2022 21:18
Yangiliklar
Ulug'bek Baqoev: "Agarda bitta gol urganimizda, o'yin tamomila boshqacha tusga kirardi"
O'yin haqida
- Uchrashuvni ko'rdik, ammo natija biz o'ylagandek bo'lmadi. SHunga qaramay, ikkala taymda ham bir qancha imkoniyatlar yuzaga keltirdik, qolaversa, penaltini golga aylantira olmadik. O'ylashimcha, agarda bitta gol urganimizda, o'yin tamomila boshqacha tusga kirardi. Ammo futbolda shunday narsa bor, kim gol ursa, o'sha g'alaba qozonadi. SHu bois, olmaliqliklarni g'alaba bilan tabriklayman. Qolaversa, bor kuchini bergani uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Endilikda OFK kubogi bahsiga tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. O'ylaymanki, biz etarlicha tayyorgarlik ko'ramiz va munosib o'yin namoyish etamiz.
- OFK kubogidagi o'yin oldidan tarkibda yo'qotishlar yo'qmi?
- Bugungi o'yin oldidan bizda uchta yo'qotish bor edi. Norxonovning jarohati qay darajada jiddiy ekanligini bilmayman. Umid qilamanki, uning jarohati jiddiy bo'lib chiqmaydi. Barchasi tibbiy tekshiruvlardan keyin malum bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar