So’nggi yangiliklar

18:25Антони: "Месси ҳар доим менинг кумирим бўлган"  0 18:10Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" (матнли трансляция)  23 17:58Суперлига. ОКМК Термизда ғалаба қозона олмади, "Сурхон" учрашувни 10 киши бўлиб тугатди  4 17:47ЖЧ-2026 Европа плей-офф босқичига қуръа ташланди: иккита мундиални ўтказиб юборган Италия Шимолий Ирландия билан тўқнашади  4 17:28ЖЧ-2026 Қитъалараро плей-офф босқичига қуръа ташланди: саралашда 18 ўйиндан 10 тасида ютқазган Боливияда ҳам ҳали имкон бор  6 16:45Самвел Бабаян "Андижон" бош мураббийи бўладими?  18 16:29Суарес: "Мен доим танқид билан курашганман"  1 15:53"Бунёдкор"нинг ОЧЛдаги энг йирик ғалабасини ёдга оламиз   4 15:44Англиялик ҳужумчи Конго ДР терма жамоасида ўйнашга тайёр  1 15:17Путин: "Футбол мухлислари доимий равишда ҳакамлик сифатига эътибор беради"  5 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  10 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  3 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  2 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  2

Ulug'bek Bakaev: "Buxoro"ni Superligaga qaytgani bilan barchani tabriklayman" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Buxoro"ni Superligaga qaytgani bilan barchani tabriklayman"

Pro liganing 26-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Buxoro" (0:1) uchrashuvidan so'ng har ikki klub murabbiylari bilan matbuot anjumani o'tkazildi.

Matbuot anjumanining birinchi qismida "Buxoro" futbol klubi bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev ishtirok etdi.

"O'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam, "Mashal" Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan lekin shunga qaramasdan teng kurashlarga boy o'yin guvohi bo'ldik. 2-3 tur oldin ketma ket mag'lubiyatlardan o'zimizga kelishimiz uchun ozgina vaqt kerak bo'ldi. "Mashal" jamoasini bilardik, bu yil ikki jamoa ham etarli darajada bir biri bilan raqobat qildik va Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdik. 4 ta o'yin "Mashal" bilan o'tkazgan bo'lsak 2 mag'lubiyat, 1 g'alaba va 1 durang natija qayd etdik.

"Buxoro" klubi Superligaga qaytgani munosabati bilan yigitlarni, murabbiylar shtabini, klubda ish olib borgan barchani oshpazdan tortib haydovchilargacha va albatta viloyat rahbari Botir Komilovichga, boshqa rahbarlarga va albatta Buxoro xalqiga, muxlislariga minnatdorchilik bildiraman va tabriklayman!", - dedi Ulug'bek Bakaev. 




- Superliga yo'llanmasi bilan tabriklayman. "Buxoro" futbolchilaridan 5 nafariga sariq kartochka ko'rsatildi va "Buxoro" futbolchilari o'yin davomida yotib olishlar va vaqt cho'zishlar kabi holatlar ko'p sodir bo'ldi, umuman olganda o'yin uchun bu uslub ham rejangizga kiritilganmidi?
- Ochig'ini aytadigan bo'lsam biz hali vazifani uddalamagan edik, bu haqida o'ylaganimiz sari havotir paydo bo'la boshladi va omadsizliklar boshlandi. 2-3 kun dam olib reglament va holatlar bo'yicha hulosa qilamiz va murabbiylar shtabi va rahbariyat bilan o'tirib Superliga uchun harakat rejasini tuzamiz.

- Sizning fikringizcha bu yil Pro ligada eng kuchli va eng kuchsiz jamoa qaysi?

- Har bir klubda qandaydir uyqu holati yuzaga keldi. "Mashal" ketma ket 7 yoki 8 g'alaba qilgan bo'lsa "Buxoro" ketma ket 6 g'alabaga erishdi lekin har bir klub taktik texnik va ijrochilari evaziga etarlicha qarama qarshilik ko'rsatdi bunga isbot qilib "Mashal" 3 tur, "Buxoro" 2 tur qolganda Superliga yo'llanmasini hal qilganini ko'rish mumkin. Mening fikrimcha "Buxoro" va "Mashal" butun chempionatni stabil va ishonchli o'tkazdik deb o'ylayman. Yana bir narsa 7 yil deganda "Mashal"ni Muborakda mag'lub etdik.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика