So’nggi yangiliklar

00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  0 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  0 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  6 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:19Саудия Арабистонида марказий ўйин: "Ал Аҳли" - "Ал Ҳилол" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  9 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1

Ulug'bek Bakaev: "Bizda hakamlarning qarorlarini muhokama qilish huquqi yo'q" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Bizda hakamlarning qarorlarini muhokama qilish huquqi yo'q"

Coca Cola Superligasining 17-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Surxon" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida...

- O'yinni juda yomon boshladik. Agressiya etishmadi, hammasi oq-qora tusda edi. Balki, bu psixologiya bilan bog'liqdir. Mag'lub bo'lishdan qo'rqish oqibati bo'lishi ham mumkin. O'yinga kelsak, gol urdik, keyin xatoga yo'l qo'ydik. Durang natija qayd etdik, biroq hayot davom etadi. Bir ochko ham biz uchun muhim sanaladi. Biz oxirigacha kurashamiz.

- Penalti haqidagi fikringiz?

- Hakam penalti belgilagan bo'lsa, demak, shunday. Ular VARni ko'rishdi, demak, bunga asos bo'lgan. 

- "Buxoro" kuchli jamoalarga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Lekin o'rtamiyona jamoalar bilan o'rtacha o'yin ko'rsatmoqda. Bunga sabab nima?

- Hozirgina shu haqda gapirdik. Psixologiya, mag'lubiyatdan qo'rqish yoki boshqa sabab bo'lishi mumkin. Biz har bir o'yinga aynan raqibdan kelib chiqib tayyorlanamiz. Bunaqa o'yinlar uchrab turadi. Jamoa kuchli raqibga qarshi kuchli ishtiyoq bilan o'ynaydi. Balki, sabab shundadir. "Surxon"ni o'rtamiyona jamoa demoqchi emasman, ular bugun yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Biz g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Katta ehtimol bu psixologik sabab bilan bog'liq. 

- Hakamlik borasida so'ramoqchi edim. Oxirgi uchrashuvlarda hakamlarning qarorlari bo'yicha ularga norozilik kayfiyatidagi shikoyatlar yo'llanmadimi? Bu oddiy narsa emas, jamoa ochko yo'qotyapti, Pro ligaga tushib ketishi mumkin...

- Biz o'yinni, raqib harakatlarini, futbolchining o'yinini muhokama qilishimiz mumkin, ammo hakamlarni muhokama qilishga haqqimiz yo'q. Ularda maxsus komissiya bor. Hakam penalti belgiladimi, demak, bunga asos bo'lgan. Bizda hakamlarning qarorlarini muhokama qilish huquqi yo'q. 

- Jamoada psixolog faoliyat olib borilyaptimi? Umuman jamoada psixologga ehtiyoj bormi?

- Bizda yaxshi kollektiv shakllangan. Jamoa ichki muhiti ham ajoyib. O'yinchilarga mashg'ulot bo'yicha hech qanday etiroz yo'q. O'yin esa bu boshqa daraja. Har bir o'yinchi g'alaba qozonishni chin dildan istamoqda. Ular Superligada qolishni istashadi. Psixologik masala bo'yicha, albatta, ish olib boramiz.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика