So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  4 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Ular millionlardan voz kechishdi... Yangiliklar

Ular millionlardan voz kechishdi...

Xabaringiz bor, bugungi kunda Xitoy klublari ko'plab yulduz futbolchilarni katta mablag'lar evaziga o'z saflariga qo'shib olmoqdalar.

Bizning ro'yxatimizdan joy olgan futbolchi va murabbiylar esa astronomik summalardan voz kechgan holda, hozircha CHin o'lkasiga borishga shoshilmayaptilar...

O'tgan hafta Ronalduning agenti Xitoy klublaridan biri transfer uchun "Real"ga 300 million evro, futbolchining o'zi uchun esa yiliga 100 million evro maosh taklif qilayotganliklari haqida xabar paydo bo'ldi. Biroq, Ronaldu ushbu taklifga rad javobini berdi.


Ibragimovich uchun esa undan ham ko'proq - 120 million evro maosh taklif qilindi. Biroq, Zlatan u erga borishga shoshilmayapti!


"CHelsi" asosiy tarkibida muntazam maydonga tusha olmayotgan Sesk Fabregasga ham Osiyodan chorlovlar bo'ldi. Biroq, ispaniyalik futbolchi mardonavor tarzda 31 millionlik taklifni rad etdi.


Runi haqida ham shu gap. Futbolchi MYU asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotib qo'ydi. Ammo, biz ham futbolchining o'zi kabi Xitoyga yo'l olishiga hali ancha erta deb hisoblaymiz :) Haftasiga 800 ming funt maosh esa ikki yil o'tib ham chiqib qolishi mumkin!


Luka Modrich esa 20 millionlik maoshdan ko'ra "Real"ga bo'lgan muhabbatini ustun qo'ydi


Markos Roxo MYU tomonidan transferga qo'yilgandi. Ammo, uning o'zi ketishni istamayapti. Agar u o'sha taklifga rozi bo'lganida bugungi kunda Xalk, Oskar, Odil Ahmedov kabi futbolchilar bilan bir jamoada o'ynash imkoniyatiga ega bo'lardi :)


Yozda Xitoy jamoalari Ernanes va Manjukich uchun yaxshigina pul taklif qilgandilar. Biroq, tomonlar yakunda kelishuvga erisha olmadilar.


Ispaniyalik murabbiy Visente Del Boskega esa 15 million evro maosh taklif qilishgan. Biroq, u pul uchun bunday qaror qabul qilmasligini malum qildi.


Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Sem Ellardays ham nima uchundir Xitoyliklar taklif qilgan juda-juda katta pullarni olishni istamadi :)


"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino esa Xitoyga borish uchun hali yoshlik qilishini aytib o'tdi


sports.ru sayti asosida tayyorlandi

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика