So’nggi yangiliklar

00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  3 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  0 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  6 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  2 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  1 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  5 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  5

Ukrainalik futbolchilarga O'zbekistonda qancha to'lashadi? Yangiliklar

Ukrainalik futbolchilarga O'zbekistonda qancha to'lashadi?

Ukrainalik futbolchilar qancha pul evaziga chet davlatlarga yo'l olishyapti.
Ukraina futbol bozori so'nggi yillar davomida nafaqat legionerlarning etiborini yo'qotdi, balki o'z futbolchilaridan ham ayrilmoqda. Ukraina chempionati bir necha yil oldin yaxshi maosh beriladigan Evropaning top-10 mamlakatlariga kirar edi. Bunga sabab Ukrainadagi notinch holat va grivnaning qadrsizlanishi. Faqatgina grandlar - "Dinamo", "SHaxtyor" va "Dnepr" o'z safidagi kuchli futbolchilarning shartnomalarida ko'rsatilgan mablag'ni to'lab berishi mumkin.

Ukraina chempionatining qolgan klublari boriga shukr qilishmoqda. Ko'pchilik futbolchilarning maoshlari grivnada belgilangan, grivnaning bahosi 2,5 baravar tushib ketdi. Bu vaziyat tufayli ko'plab futbolchilar MDH mamlakatlari klublariga o'tib ketyapti. U erda ham o'yinchilarga katta talab yo'q.

Futbol agentlariga qo'ng'iroq qilib, Ukraina chempionatining o'rtacha klubdagilarning maoshi 50-80 ming grivnani tashkil etmoqda. Birinchi ligada 10-20 ming. Hozirda qo'shni davlatlardagi maosh qanchaligiga qiziqib ko'rdik.

OZARBAYJON. CHempionatdagi legionerlarning o'rtacha maoshi 25 ming atrofida. "Gabala"ning ukrainalik murabbiyi Grigorchuk qiyinchiliksiz o'z vatandoshlarini bu jamoaga chaqirmoqda.

BELARUS. BATE yoki Minskning "Dinamo"siga o'xshagan boy klublar 15 ming atrofida to'lashadi. Qolganlari esa 3 yoki 4 ming. Boshqalar ham ko'proq olishi mumkin edi, ammo mamlakatda yangi qabul qilingan qaror sabab buni iloji yo'q. Barcha klublar maoshni mahalliy rublda to'laydi, bu mablag'ni dollarga o'girish uchun juda ko'p soliq to'lashga to'g'ri keladi. 

QOZOG'ISTON. O'rtacha ming, ammo bazilarga 10 mingacha to'lashadi. SHu sababli, qozoq chempionati xuddi Ozarbayjon kabi ukrainaliklarning ko'plarini o'ziga torta oladi. Yaqinda "Dinamo" tarbiyalanuvchisi "Ordabasi" futbolchisiga aylandi.

O'ZBEKISTON. Poytaxtning "Bunyodkor" va "Lokomotiv" klublari legionerlarga oyiga o'n ming yoki undan ko'proq to'lay oladi. Qolgan klublar esa 3-5 ming. O'z paytida Demyanenko qo'l ostida Osiyoning "Liga Evropa"sini yutgan "Nasaf" yaqinda "Tavriya" va "CHernomorec"ning sobiq hujumchisi Koblashni o'z safiga qo'shib oldi.

MOLDOVA. O'rtacha klublarda chetdan kelganlarga bir oy uchun 4 ming to'lay olishadi, etakchilar esa 7 minggacha.

Boltiq bo'yi mamlakatlari. U erda ukrainaliklar oyiga 1,5 ming yoki 2 ming evro olishlari mumkin. Mukofot pullari ham bor.

POLSHA. Oliy ligadagi o'rtacha "gradus" 5-7 ming evro. "Legiya" va "Lex" legionerlarga 10 mingdan 15 ming evrogacha to'lay oladi. Birinchi ligada maosh 2 ming evrogacha. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика