So’nggi yangiliklar

20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  19 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  26 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1

"Uik-end" oqshomini Evropa futboli bilan o'tkazing (anons) Yangiliklar

"Uik-end" oqshomini Evropa futboli bilan o'tkazing (anons)

Hafta yakuni doimgidek evropaning "kuchli beshlik" chempionatlaridagi muhim va qiziqarli uchrashuvlari bilan yanada maroqli o'tadi.

Bu galgi "uik-end" bizga katta afishali o'yinlarni vada qilmasada, bir qator qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy uchrashuvlarni tuhfa qilishini taxmin qilish mumkin.

Nafaqat A Seriyaning, balki haftaning eng markaziy o'yiniga davogar "Milan" - "Roma" uchrashuvi bugunoq futbol ishqibozlarini ekran qarshisiga yaqinlashtirishga majbur etadi.

O'zgacha boshlangan Italiya chempionati ketma-ket uchinchi turdirki bizga markaziy, qiziqarli va nihoyatda dramatik bahslarni taqdim etmoqda. Ronalduning kelishi, etiborni oshgani va tom manoda yanada professionallikka intilayotgan A Seriyaning o'zgarishlari ko'pchilikka iliq taassurot qoldirayotgani sir emas. "Kambek"lar chempionatiga aylanib qolgan A Seriyadagi bugungi bahsni o'tkazib yuborish juda mushkul.

"Milan" chempionatning birinchi turini o'tkazib yuborganidan xabardorsiz albatta. O'tgan hafta esa ikkinchi turdan yangi mavsumga kirishgan "Milan" uchun Neapol safari muvaffaqiyatli chiqmadi. Gattuzo jamoasi ikkita to'p farqini osongina qo'ldan chiqargani va tayyor g'alabadan mosuvo qolgani ularni "Roma"ga qarshi bahsda yanada sergakroq qilishi aniq.

Turin safaridan muhim g'alaba bilan qaytgan "Roma" ham ikkinchi turda deyarli "Milan"ning ahvoliga tushib qoldi. Farq shundaki, jamoa mag'lubiyatga uchray turib bahs so'nggida iroda namoyish qildi. Natijada Di Franchesko shogirdlari sharmandali natijani durangga aylantirishni uddasidan chiqishdi.

Milanda bugun o'tgan turda ikkita to'p farqidagi ustunlikni boy bergan va aksincha, ikkita to'p farqini yo'qqa chiqargan jamoalar to'qnashuvi guvohiga aylanamiz.

Ertaga esa "Inter" futbolchilik paytida ko'p aziyat chekkan sobiq hujumchi Filippo Inzagi boshqaruvidagi "Bolonya" mehmoni bo'ladi. "Yuventus" esa "Parma" bilan o'ynash uchun safarga otlanadi.

A Seriyadagi yana bir qizg'in bellashuv "Fiorentina" va "Udineze" o'rtasida kechadi. Anchelotti qo'l ostida ketma-ket ikkita irodali g'alabalarni tantana qilgan "Napoli" esa Genuyaga safar qiladi.

Peshqadamlar qatorida ketayotgan SPAL esa Turinda "Yuventus"ning qo'shnisi "Torino" bilan o'ynaydi.

Germaniya Bundesligasida ham tur o'yinlariga bugun start beriladi. "Gannover" - "Borussiya" Dortmund o'rtasidagi bahs bilan boshlanadigan tur o'yini qiziqarli o'tishini kutish mumkin. CHunki bu ikkala jamoalarning Gannoverda o'tadigan o'yinlari odatda gollarga boy tarzda kechadi.

"Bavariya" ertaga "SHtutgart" bilan bahs boylaydi. Turning markaziy uchrashuvi "Bayer" hamda "Volfsburg" o'rtasida bo'lib o'tadi.  Gelzerkirxenning "SHalke" jamoasi birinchi turdagi mag'lubiyat alamini "Gerta"dan olishga urinib ko'radi.



Ispaniya primerosida ham tur o'yinlari bugungi "Xetafe" hamda "Valyadolid" o'rtasidagi uchrashuv bilan start oladi. La Liganing uchinchi turida ertaga "Real" "Leganes"ni qabul qilsa, yakshanba kuni "Barselona" debyutant "Ueska" bilan Kataloniyada to'qnashadi. "Atletiko" esa "Selta" bilan mehmonda bahs yuritadi.

Angliya premer ligasida tur o'yinlari doimgidek shanba kuni boshlanadi. Bu gal APLda ham tom manodagi markaziy to'qnashuvlar yoki afishasi kattaroq o'yin yo'q. Yo'qotishlarsiz ketayotgan "Liverpul" bu hafta "Lester" mehmoniga aylanadi. Sarri boshchilik qilayotgan "CHelsi" esa "Bornmut"ni o'z uyida qabul qiladi. O'tgan turda ochko yo'qotib qo'ygan amaldagi chempion "Siti" esa Benitez boshchiligidagi "Nyukasl"ni sinovdan o'tkazadi. Unai Emeri qo'l ostida nihoyat g'alaba tamini sezgan "Arsenal" "Kardiff" bilan safarda o'ynaydi. "Tottenxem"dan Manchesterda "tarsaki" egan "Yunayted" esa "Byornli" uyida mehmon bo'ladi. O'tgan hafta Manchesterda uchta gol urgan "Tottenxem" esa "Uotford"ni ham mag'lub etishga urinib ko'radi.

Franciya Liga 1 chempionatida tur o'yinlari "Lion" - "Nicca" uchrashuvi orqali bugun boshlanadi. PSJ ertaga "Nim" maydonida mehmon bo'lsa, turning markaziy bahsi yakshanba kuni kechqurun "Monako" va "Marsel" o'rtasida kechadi.

Bonus sifatida mazkur "kuchli beshlik"dagi o'yinlarga qo'shimcha qilib Rossiya chempionati doirasidagi "Zenit" hamda "Spartak" jamoalarining o'zaro to'qnashuvini ko'rishni tavsiya qilamiz. Hozirgi kunda Rossiya futbolidagi birinchi raqamli futbolchi bo'lib turgan Artyom Dzyuba o'zining sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi.


"Uik-end"ning muhim uchrashuvlarining translyaciya jadvali

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика