Ueyn Runi: Messi APLga o'tib o'zining ettinchi Oltin to'pini yutishi mumkin
27 avg 2020 16:33
Yangiliklar
Ueyn Runi: Messi APLga o'tib o'zining ettinchi Oltin to'pini yutishi mumkin
Manchester Yunayted sobiq hujumchisi Ueyn Runi Barselona hujumchisi Lionel Messini APLda ko'rishdan xursand bo'lishini aytdi.
«Messining yoshi katta bo'layotganini bilaman, ammo bunday futbolchi boshqa yo'q. Messida barchasi bor – u vaziyatlar yaratadi, gol uradi, o'yinni boshqaradi. U dunyodagi eng yaxshi futbolchi.
U men o'yinlarini tomosha qilib zavq olgan kam sonli futbolchilardan biri. Ronaldu ikkalasi juda yuqori darajani namoyish etishdi, ammo men uchun Messi shunchaki boshqa darajada.
Messi hozircha MLS haqida o'ylamasin. U APLga o'tib yil futbolchisi bo'la oladi, million foiz. Brunu Fernandesha yoki de Bryuyne bilan bir jamoada Messi ettinchi «Oltin to'p»ini yuta oladi, bu ajoyib bo'lardi», – deydi Runi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar