So’nggi yangiliklar

14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  1 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  52 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  4 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  9

UEFA millatlar ligasi qanday musobaqa o'zi? Yangiliklar

UEFA millatlar ligasi qanday musobaqa o'zi?

Ertaga, 6 sentyabr kuni UEFA Millatlar ligasi musobaqasi start oladi.

Ko'pchilik o'quvichlarimizda bitta savol paydo bo'lgan: Bu qanday musobaqa o'zi?

Bu turnir Evropadagi terma jamoalarning o'rtoqlik uchrashuvlari o'rnini egallaydi va jamoalarga o'ziga daraja bo'yicha teng bo'lgan raqib bilan o'ynash imkonini beradi. Musobaqada Evropaning barcha 55 jamoasi ishtirok etadi. Jamoalar JCH-2018dan keyingi reytingiga qarab to'rtta ligaga (A, B, C, D) bo'lingan.

A ligada Evropaning eng kuchli 12ta jamoasi ishtirok etadi. Keyingi 12ta jamoa B ligada qatnashadi, navbatdagi 15ta jamoasi esa C ligada, qolgan 16tasi D ligada o'ynaydi. Har bir ligada 4tadan guruh bo'ladi.

"A" liga
1-guruh: Germaniya, Franciya, Gollandiya.
2-guruh: Belgiya, SHveycariya, Islandiya.
3-guruh: Portugaliya, Italiya, Polsha.
4-guruh: Ispaniya, Angliya, Xorvatiya.

"B" liga
1-guruh:
Slovakiya, Ukraina, CHexiya.
2-guruh: Rossiya, SHveciya, Turkiya.
3-guruh: Avstriya, Bosniya va Gercegovina, SHimoliy Irlandiya.
4-guruh: Uels, Irlandiya, Daniya.

"C" liga
1-guruh:
SHotlandiya, Albaniya, Isroil.
2-guruh: Vengriya, Greciya, Finlyandiya, Estoniya.
3-guruh: Sloveniya, Norvegiya, Bolgariya, Kipr.
4-guruh: Ruminiya, Serbiya, CHernogoriya, Litva.

"D" liga
1-guruh: 
Gruziya, Latviya, Qozog'iston, Andorra.
2-guruh: Belarus, Lyuksemburg, Moldova, San-Marino.
3-guruh: Ozarbayjon, Faror orollari, Malta, Kosovo.
4-guruh: Makedoniya, Armaniston, Lixtenshteyn, Gibraltar.

O'yinlar 2018 yilning sentyabr-noyabr oylarida uyda va mehmonda bo'lib o'tadi (har bir terma jamoa guruh sig'imiga ko'ra 4 yoki 6ta o'yin o'tkazadi).

A ligasidagi to'rt guruh g'oliblari 2019 yilning iyun oyida bo'lib o'tadigan final bosqichiga chiqishadi. Mezbonlarni UEFA 2018 yilning dekabr oyida ishtirokchilar orasidan tanlab oladi. Final bosqichida yarim final bahslarida g'olib bo'lgan ikki jamoa finalda o'ynaydi. Mag'lublar 3-o'rin uchun bahsda ishtirok etishadi. UEFA Millatlar ligasi birinchi g'olibi 2019 yilning 9 iyun kuni malum bo'ladi. B, C va D guruhi g'oliblari yuqori ligaga ko'tarish uchun uchrashuvlar o'tkazishadi. A, B va C liga guruhlarida so'nggi o'rinni egallagan jamoalar bitta past ligaga tushishadi.

UEFA Millatlar ligasi o'yinlari qachon bo'lib o'tadi?

1-tur: 6-8 sentyabr 2018 yil
2-tur: 9-11 sentyabr 2018 yil
3-tur: 11-13 oktyabr 2018 yil
4-tur: 14-16 oktyabr 2018 yil
5-tur: 15-17 noyabr 2018 yil
6-tur: 18-20 noyabr 2018 yil


UEFA Millatlar ligasining sentyabr oyidagi o'yinlari ro'yxati

"A" liga
6 sentyabr

Germaniya - Franciya

7 sentyabr
Italiya - Polsha

8 sentyabr
SHveycariya - Islandiya
Angliya - Ispaniya

9 sentyabr
Franciya - Gollandiya

10 sentyabr

Porutgaliya - Italiya

11 sentyabr
Islandiya - Belgiya
Ispaniya - Xorvatiya



"B" liga
6 sentyabr

CHexiya - Ukraina
Uels - Irlandiya

7 sentyabr
Turkiya - Rossiya

8 sentyabr
SHimoliy Irlandiya - Bosniya va Gercegovina

9 sentyabr

Ukraina - Slovakiya
Daniya - Uels

10 sentyabr
SHveciya - Turkiya

11 sentyabr
Bosniya va Gercegovina - Avstriya



"C" liga
6 sentyabr

Sloveniya - Bolgariya
Norvegiya - Kipr

7 sentyabr
Litva - Serbiya
Ruminiya - CHernogoriya
Albaniya - Isroil

8 sentyabr
Finlandiya - Vengriya
Estoniya - Greciya

10 sentyabr
SHotlandiya - Albaniya



"D" liga
6 sentyabr

Qozog'iston - Gruziya
Latviya - Andorra
Armaniston - Lixtenshteyn
Gibraltar - Makedoniya

7 sentyabr
Ozarbayjon - Kosovo
Farer orollari - Malta

8 sentyabr

Belarus - San-Marino
Lyuksemburg - Moldova



Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика