UEFA koronavirus bilan bog'liq vaziyat sabab "Barsa" - "Napoli" o'yinini Barselonadan tashqarida o'tkazishni rejalashtirmoqda
30 iyu 2020 16:30
Yangiliklar
UEFA koronavirus bilan bog'liq vaziyat sabab "Barsa" - "Napoli" o'yinini Barselonadan tashqarida o'tkazishni rejalashtirmoqda
"Barselona" va "Napoli" jamoalari o'rtasidagi CHempionlar Ligasi o'yini neytral hududda bo'lib o'tishi mumkin.
UEFA Ispaniyada koronavirus avj olishi (ayniqsa, Kataloniyada) oqibatida o'yinni Barselonadan boshqa joyga ko'chirishni rejalashtirmoqda.
Qayd etish kerakki, UEFA koronavirus bilan bog'liq vaziyat sabab Sog'liqni saqlash Departamentiga murojaat qilgan. Agar Departament bahsni o'tkazish o'yin ishtirokchilariga xavf tug'diradi deb hisoblasa, o'yin ko'chiriladi.
O'yinning qaerda bo'lib o'tishi borasidagi qaror hafta so'nggiga qadar qabul qilinadi.
CHempionlar Ligasi 1/8 final javob o'yini doirasidagi "Barselona" va "Napoli" bahsi 8 avgustda bo'lib o'tadi. Birinchi o'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar