"U nimadir chekib olganmidi?" - Aguero Pikening g'oyalarini tanqid qildi
11 noy 2022 18:42
Yangiliklar
"U nimadir chekib olganmidi?" - Aguero Pikening g'oyalarini tanqid qildi
"Manchester Siti" va "Barselona" klubi sobiq hujumchisi Serxio Aguero Jerar Pikening futbol qoidalariga o'zgartirishlar kiritish zarurligi haqidagi g'oyalariga munosabat bildirdi.
"Barselona" sobiq himoyachisi o'yin vaqtini 60 daqiqa qilish, qo'shimcha vaqtda golgacha o'ynashni, maydondan ketma-ket futbolchilarni chiqarib borish orqali g'olibni aniqlashni taklif qilgandi.
"Tasavvur qiling: Mbappe va Holand bir-biriga qarshi, kurash ulardan biri gol urguncha davom etadi", – deb qo'shimcha qilgan Pike.
"Pike nimadir chekib olganmi? Jin ursin, u nima futbolni birga-bir o'ynashlarini xohlayaptimi?!" – dedi sobiq forvard "Tvich"dagi efir vaqtida.
Fikrlar