U Milanda qoladimi? "Inter" asosiy darvozabonining kelajagi yaqin haftalarda hal bo'ladi
09 fev 15:39
Yangiliklar
U Milanda qoladimi? "Inter" asosiy darvozabonining kelajagi yaqin haftalarda hal bo'ladi
Milanning "Inter" klubi rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Yann Zommer bilan muzokaralarning hal qiluvchi bosqichiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, tomonlar yaqin haftalarda uchrashib, 37 yoshli shveycariyalik posbonning "Juzeppe Meacca"da qolishi yoki joriy mavsum yakunida klubni tark etishini aniqlab oladi. Tajribali darvozabonning amaldagi bitimi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi.
Qayd etish joizki, shveycariyalik posbon joriy mavsum barcha musobaqalarda 29 o'yin o'tkazib, ularning 15 tasida darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.
37 yoshli Zommer 2023 yildan beri "qora-ko'klar" safida to'p tepib kelmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar