So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  2 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

U-23 Osiyo chempionati. "A" guruhi ishtirokchilari Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati. "A" guruhi ishtirokchilari

Malumki, 9-27 yanvar kunlari Xitoyda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati musobaqasi bo'lib o'tadi. Mazkur turnir bu yil uchinchi marta tashkil etiladi.

Turnir boshlanishiga kam vaqt qolayotgan bir paytda OFK veb-sayti har bir guruhga alohida to'xtalib, ishtirokchilar haqida malumot berdi. Quyida "A" guruhi jamoalari haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

XITOY
Eng yaxshi ishtiroki: Guruh bosqichi (2014, 2016)
Qanday chiqdi: Musobaqa mezboni

Xitoy terma jamoasi avvalgi ikki bosqichda o'zini ko'rsata olmagan. Ular barcha o'yinlarda mag'lub bo'lishgan. Bu safar esa mezbon sifatida xitoyliklarning U-23 Osiyo chempionatidan umidi katta. Garchi mezbon bo'lishiga qaramay, Xitoy o'z xohishi bilan saralash o'yinlarida ham qatnashdi. Ular Kambodja bilan 0:0 o'ynab, Filippin ustidan 2:0 hisobida zafar quchishdi va oxirgi o'yinda Yaponiyadan 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi. Xitoy tarkibida uch nafar xavfli o'yinchi bor: Vey SHixao ("SHanxay SIPG"), Deng Xanven ("Beyjing Renxe") va Jang Yuning ("Verder").

QATAR
Eng yaxshi ishtiroki: To'rtinchi o'rin (2016)
Qanday chiqdi: Saralashda "S" guruhi g'olibi

Ko'pchilik Qatar yoshlari haqida iliq fikrlar bildirmoqda. Ikki yil avvalgi musobaqada bu jamoa to'rtinchi o'rinni egallagandi. O'shanda qatarliklar uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda Iroqqa mag'lub bo'lishgan. Jamoa bosh murabbiyi Feliks Sanches hisoblanadi. Malumot uchun bu murabbiy hozirgi tarkibni futbolchilar U-19 bo'lganidayoq shug'ullantirishni boshlagan. Qatar saralash bosqichida Turkmaniston va Hindistonni mag'lub etib, Suriya bilan durang o'ynadi.

O'ZBEKISTON
Eng yaxshi ishtiroki: Guruh bosqichi (2014, 2016)
Qanday chiqdi: Saralashda "D" guruhi g'olibi

Afsuski, bu yoshdagi O'zbekiston terma jamoasi avvalgi ikkita musobaqadagi ishtiroki bilan maqtana olmaydi. CHunki ikkalasida ham futbolchilarimiz guruhdan chiqa olishmagan. Lekin bu yilgi musobaqadan umid katta. Bu haqda bosh murabbiy Ravshan Haydarov ham matbuot anjumanida aytib o'tdi. O'zbekiston saralash o'yinlarini 100 foizlik natija bilan yakunladi: uchta o'yin, uch g'alaba. Futbolchilarimiz saralashda Livan, Nepal va BAAdan ustun kelishdi.

UMMON
Eng yaxshi ishtiroki: Guruh bosqichi (2014)
Qanday chiqdi: Saralashda "A" guruhi g'olibi

Ummon faqat 2014 yilgi U-23 Osiyo chempionatida qatnashgan. CHunki birinchi musobaqa aynan Ummonda o'tkazilgandi. Lekin o'z maydonida o'tkazilgan tunirda ummonliklar guruhdan chiqa olishmagan. Ammo bu safar bu jamoaning ham umidi katta. CHunki Ummon saralash o'yinlarida kimsan Eronni mag'lub etishning uddasidan chiqa oldi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика