So’nggi yangiliklar

16:38"Андижон" — "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  1 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  3 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  0 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  2 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  16 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  4 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  10 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  4 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  18 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  2 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  9 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  3 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  6 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  40

U-21 Birinchiligi. "Metallurg" yoshlari – O'zbekiston chempioni! Yangiliklar

U-21 Birinchiligi. "Metallurg" yoshlari – O'zbekiston chempioni!

Bugun Bekobod futbolida tarixiy kun sodir bo'ldi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin o'zbekiston chempionati va birinchiliklarida qatnashib kelayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi o'z tarixidagi eng yorqin g'alabani qo'lga kiritdi. XXIX milliy chempionatning yoshlar birinchiligi “Metallurg” futbolchilarining muddatidan oldin zafar quchishi bilan yakunlandi.

O'z uyidagi “Surxon”ga qarshi so'nggi uchrashuvda “Metallurg”ni chempion bo'lishi uchun durang natija ham qanoatlantirardi. Ammo durang natija uchun o'ynash ijobiy natija bermasligini yaxshi anglagan murabbiylar o'z shogirdlarini faqat g'alaba ishtiyoqida maydonga tushira olishdi. Hatto birinchi taymdan keyin jamoa 2:0 hisobida g'alaba qozonayotgan bir paytda ham tanaffusda murabbiylar shogirdlarga hisobni unutishlarini, o'yinni yangidan boshlashlarini uqtirishdi. Bu esa yakunda o'z samarasini berdi. “Metallurg” “Surxon” jamoasi darvozasiga javobsiz beshta to'p yo'lladi.

Bevosita o'yin tafsilotlariga to'xtaladigan bo'lsak, uchrashuv Nozim Esanov shogirdlarining to'liq ustunligi ostida o'tdi. Bir kun muqaddam Bekobodda kuchli yoqqan yomg'ir va qor natijasida maydonning og'ir holatda ekanligi ham "Metallurg" futbolchilarini to'xtatib qololmadi. To'g'ri raqib darvozasiga birinchi gol 30-daqiqada kiritildi. Ammo ungacha ham “Surxon” darvozasi yonida o'nlab vaziyatlar yuzaga keltirildi.

Hisobni “Metallurg”ning yosh, iqtidorli o'yinchilaridan biri Muhammadali Azizboev kiritdi. Uning bosh bilan bergan zarbasini Davron Merganov qaytara olmadi – 1:0. Birinchi taymning so'nggi daqiqasi o'tib borayotgan bir paytda esa To'lqin Ergashev o'ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va yaqin burchakni ishg'ol etdi – 2:0.

Tanaffusda murabbiylardan tegishli ko'rsatmalarni olib maydonga qaytgan bekobodliklar o'yin tempini yanada oshirishdi. Taymni esa mezbonlar tezkor gol bilan boshlashdi. Muhsin Bozorov o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi – 3:0. O'yin endshpilida esa Ibrohim Turg'unboev hamda jamoaning eng yosh vakili SHahzodjon Nematjonovlar o'zlarini ko'rsatishdi. Turg'unboev chap qanotdan reydni amalga oshirib, hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirdi. SHahzodjon Nematjonov esa hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalar yakuniga etib borayotgan bir paytda yakuniy hisobni o'rnatdi – 5:0.

Bir paytlar futbol ishqibozlari orasida Argentina – Yamayka – 5:0 degan qo'shiq urf bo'lgandi. “Metallurg” – “Surxon” jamoalari o'rtasidagi o'yin jahon futbolining yorqin yulduzlaridan biri, argentinalik charm to'p qiroli Diego Armando Maradonaning yorqin xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi. Ne tongki, uchrashuv yakunida ham tabloda 5:0 hisobi porladi. Bekobodlik yoshlar o'z tarixlarida birinchi marta O'zbekiston chempioni degan sharafli nomni Maradona yurtdoshlariga xos ishonarli tarzda qo'lga kiritishdi. Ramziy o'xshashlik tasoddifiy emas. “Metallurg” yoshlar jamoasi bu yilgi mavsumni tom manoda ko'tarki ruh bilan o'tkazdi. SHunga yarasha chempionatning kichik oltin medallariga sazovor bo'lishmoqda.


 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика