U-20 Osiyo kubogi Xitoyning qaysi shahrida bo'lib o'tishi malum
03 okt 2024 11:51
Yangiliklar
U-20 Osiyo kubogi Xitoyning qaysi shahrida bo'lib o'tishi malum
Farhod Nishonov boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogi final bosqichiga yo'llanma qo'lga kiritganidan xabaringiz bor.
Osiyo kubogi bahslari 2025 yilning 6-23 fevral kunlari Xitoyning bitta shahrida bo'lib o'tadi. Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, musobaqaga SHenjen shahari mezbonlik qiladi.
Hozircha Osiyo kubogiga qachon qura tashlanishi malum emas. O'zbekiston U-20 terma jamoasi qura tashlash jarayonida 1-savatchadan joy oladi.
Osiyo kubogida ishtirok etuvchi barcha 16ta terma jamoa (savatchalarga ajratilgan holda):
1-savatcha
Xitoy (mezbon)
O'zbekiston
Iroq
Yaponiya
2-savatcha
Koreya Respublikasi
Avstraliya
Eron
Iordaniya
3-savatcha
Indoneziya
Saudiya Arabistoni
Suriya
Qirg'iziston
4-savatcha
Qatar
Tailand
Yaman
KXDR
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar