So’nggi yangiliklar

19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  1 18:44ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" (матнли трансляция)  52 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  7 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  8 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  8 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  15 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  6 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  0 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  11 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   252 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  12 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  16 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3

"Turon"ni Superliga sari etaklayotgan Islom Ismoilov haqida Yangiliklar

"Turon"ni Superliga sari etaklayotgan Islom Ismoilov haqida

Sir emaski, ichki chempionatimizdagi aksariyat klublar so'nggi yillarda yosh murabbiylarga ishonch bildirishmoqda.

Bugungi kunda "Turon" jamoasini boshqarayotgan Islom Ismoilov ham ana shunday yosh murabbiylar toifasidan. Kuni kecha o'zining tavallud kunini nishonlagan yosh mutaxassis Pro ligada o'z jamoasini Superliga sari etaklamoqda. 

Murabbiylik faoliyatini "Paxtakor" akademiyasida boshlagan Islom Ismoilov Stanislav Kudryashovga bollarni shug'ullantirishda yaqindan ko'maklashdi. Bu borada uning o'zi shunday deydi. 

"Ilk murabbiylik faoliyatimni "Paxtakor" futbol akademiyada boshlaganman. U erda Stanislav Kudryashovga 2001-yilda tug'ilgan bolalarni tayyorlashda yaqindan yordam berganman. "Paxtakor" futbol akademiyasidagi 2-3 yillik faoliyatim davomida ko'p narsalarni o'rgandim, o'z ko'nikma va malakalarimni oshirdim. Sababi, barchamizga malum ushbu akademiyada o'zbek futbolidagi eng nomdor maskanlardan hisoblanadi.

U erda faoliyat olib boradigan mutaxassislar o'z ishiga professional tarzda yondashadilar. Stanislav Kudryashov bilan birgalikdagi faoliyatim davomida u kishidan juda ko'p narsalarni o'rgandim, tajriba to'pladim. Murabbiylikdagi ilk faoliyatimni aynan u kishini yonida boshlaganligim doimo yodimda qoladi. "Paxtakor" futbol akademiyasida to'plagan tajribalarim bugungi kunda erishayotgan yutuqlarimning tamal toshi sifatida xizmat qiladi deb aytsam mubolag'a bo'lmasa kerak. Bu akademiyada ish jarayoni juda qizg'in kechadi, kun davomida hamma futbol haqida o'ylaydi, vaziyatlar tahlil qilinadi, mutaxassislar o'rtasida bahs-munozaralar bo'ladi. Umuman olib aytganda bu maskanda hamma futbol bilan yashaydi. SHunga yarasha natijalari ham bor, mana ko'rib turganingizdek, "Paxtakor" futbol akademiyasidan qanchadan-qancha iqtidorli futbolchilar etishib chiqmoqda. Bu albatta o'zbek futbolining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi".



O'tgan mavsumning ikkinchi davrasida "Turon" Bahrom Hakimovni istefoga chiqargach jamoa boshqaruvi Islom Ismoilovga ishonib topshirildi. Mazkur jamoaga kelguniga qadar esa bir necha yo'llarni bosib o'tgani shubhasiz. 

"Bugunga qadar yuqorida aytganimdek dastlab "Paxtakor" futbol akademiyasida faoliyat olib borganman. Keyinroq menga Marg'ilonning "Atlaschi" jamoasidan taklif tushgan, lekin moliyaviy sabablar tufayli jamoa o'sha paytdagi Birinchi liga musobaqalarida ishtirok eta olmagan. SHundan so'ng Yozyovon tumanining "Yozyovon-Lochinlari" jamoasida ikki yil davomida faoliyat bordim. Bu jamoadagi faoliyatimni professional futboldagi ilk murabbiylik ishim sifatida yodimda qolgan. "Yozyovon-Lochinlari"da ham ko'plab tajriba to'pladim, jamoa bilan bir qator natijalarga erishganmiz. Keyinchalik "Istiqlol" jamoasida ham qisqa muddat ishladim. Undan keyin Marg'ilon shahrida hamkasblarim bilan "Farovon" futbol akademiyasini tashkil etdik. Hozirgi kunda bu akademiyadan juda ko'plab iqtidorli futbolchilar etishib chiqayotganligidan barchaning xabari bor albatta".

Joriy mavsumda ajoyib jamoani shakllantirgan Islom Ismoilovga faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz.  "Turon" jamoasi bilan muvaffaqiyatlarga erishishiga tilakdoshmiz!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика