So’nggi yangiliklar

11:31Доннарума Сафонов билан рақобатлашишни истамаяпти ва жамоани тарк этиш ниятида  0 10:51"Ювентус" ёзда 51.5 миллион еврога сотиб олган футболчиси билан январдаёқ хайрлашмоқчи  0 10:26Анелька "Реал"даги Мбаппе ҳақида: "Унга қарасам, 25 йил аввалги ҳолатимни эслайман"  3 10:00Пандев: "Моуриньо барчасини юзингизга айтадиган одам"   0 09:36Сергей Лушчан "Навбаҳор"да қоладими?!  14 09:14Пеп Гвардиола: "Буни кутмагандим"  12 08:47Компани Кейннинг жароҳати ҳақида гапирди  0 08:23ПСЖ ва "Челси" футболчиларини алиштириши мумкин  4 07:56"Наполи" "Ювентус"дан Данилони ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 07:34"Челси" ҳимоячиси учун йил тугади  3 07:10Хамес Родригес "Интер Майами"га ўтиши мумкин   0 07:07Андрия Филипович: "Гол ёки ассистларим эмас, "Бунёдкор"нинг Суперлигада қолиши муҳим эди"  0 02:42А Серия. "Ювентус" 90+3 дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди  2 00:44Гвардиола "Ливерпуль" мухлисларига "Эрталаб сени истеъфога чиқаришади!" қичқириқларидан сўнг олти бармоғини кўрсатди  25 23:37"Фиорентина" хавбеки Бове ҳушини йўқотиб, майсага йиқилди ва уни тез ёрдам машинасида олиб кетишди. Ўйинчилар йиғлашди, "Интер" билан ўйин кўчирилди  11

"Turli mamlakatlardan bo'lgan hakamlar bitta vaziyatni turlicha ko'rishadi". Hakamlik bo'yicha FIFA instruktori Farhod Abdullaev bilan katta intervyu Yangiliklar

"Turli mamlakatlardan bo'lgan hakamlar bitta vaziyatni turlicha ko'rishadi". Hakamlik bo'yicha FIFA instruktori Farhod Abdullaev bilan katta intervyu

Farhod Abdullaev – chet elda o'z imkoniyatlarini namoyon eta olgan mutaxassislardan biri.

U mana 10 yildan oshiq vaqtdan beri hakamlik bo'yicha FIFA instruktori bo'lib ishlamoqda, shuningdek Saudiya Arabistonida hakamlarning ishlari uchun masul. Uning elkasida katta tajriba, ko'plab yirik turnirlar va 50dan ortiq xalqaro seminarlar turibdi.


Ushbu intervyudan quyidagilarni bilib olasiz:

• Hakamlik bo'yicha instruktor nimala bilan shug'ullanadi;

• Hakamlar ishlarida hozirda qanday tendenciyalar bor;

• Yaxshi hakam yomon hakamdan nimasi bilan farq qiladi;

• Saudiya Arabistonida ishlash qanchalik qiyin;

• Hakamlik ishlarida qanday jihatlar bor;

• Hakamlar yaxshiroq ishlashlari va kamroq xatolarga yo'l qo'yishi uchun hakamlar departamenti rahbari nimalar qilishi kerak;

• Nega Abdullaev O'zbekistondan ketdi;

• Ortga qaytishni rejalashtirmoqdami;


- Hakamlikdagi faoliyatingiz haqida gapirib bering. Nimadan boshlagansiz va qanday qilib instruktor bo'lib ishlashni boshlagansiz?

- Hakamlik faoliyatimni 1993 yilda boshlaganman. Otam, Alisher Abdullaev ham hakam bo'lgan. Men akam bilan birgalikda hakamlik qilishni boshlaganman: avvaliga assistent bo'lganmiz, so'ngra "maydonda" ishlashni boshladik. 2001 yil FIFAning ro'yxatiga assistent sifatida kirdim va xalqaro o'yinlarda ishlashni boshladim. O'shanda faqat Osiyo bo'ylab ishlardik. Ravshan Ermatovning brigadasida yordamchi bo'lib ishlaganman. 2006 yili jarohat sabab hakamlik faoliyatimni tugatishimga to'g'ri kelgan.

SHundan so'ng inspektorlik bilan shug'ullandim. O'shanda 35 yoshimda O'zbekistondagi eng yosh inspektor bo'lgandim. 2008 yil OFKga ishlash uchun yo'l oldim, ammo bir yildan so'ng O'zbekistonga qaytdim: inspektorlik qilishni davom ettirdim va shuningdek instruktor rolida ishlashni boshladim.

2011 yildan OFKda, 2013 yildan esa FIFAda instruktor sifatida ishladim. O'shandan beri 50dan oshiq mamlakatda 200dan ortiq xalqaro seminarlarni o'tkazdim. Boshqa mamlakatlardan hakamlar va instruktorlar bilan ishladim. So'nggi seminarlardan biri Londonda bo'lib o'tdi, bu UEFA zonasida instruktorlar uchun VAR bo'yicha. Instruktor sifatida oltita jahon chempionatida bo'ldim (ikkita "kattalar" JCHsi, klublar JCHsi, U-17 va U-20 JCH), Tokiodagi Olimpiada-2020 va uchta Osiyo kubogi. SHuningdek turli darajada Osiyodagi 10dan ortiq turnirlari. Hozirda Saudiya Arabistonida ishlayapman.


- Instruktor ishi nimadan iborat?

- Instruktor hakamlarni futboldagi so'nggi tendenciyalarni hisobga olgan holda qanday hakamlik qilishni o'rgatadi. SHuningdek, VAR ishi bo'yicha seminarlar bor. Bundan tashqari, hakamlarga FIFA va OFKning "eng yangi" talablarini etkazamiz, ularning ishlarini tahlil qilamiz. Hakamlarni xalqaro o'yinlarda, bazida esa ichki turnirlardagi o'yinlar orqali ko'ramiz. Ularning ishlarini baholaymiz, qandaydir holatlar bo'yicha tavsiyalar beramiz. Umuman olganda, o'z fikrimizni etkazamiz. Ammo, instruktorlarning ishi faqatgina hakamlar bilan cheklanmaydi, biz shuningdek hududiy instruktor va inspektorlar bilan ishlaymiz.


- Hozirda hakamlikda qanday tendenciyalar bor? Futbol hozirda qaerga qarab ketmoqda?

- Men ishlaydigan hakamlarimga doim futbol birinchi o'rinda bo'lishi kerakligini aytaman. Faqatgina shundan so'ng hakam va uchinchi o'rindagina VAR turadi. Biz bularning barchasi faqat futbol uchun qilinishini esdan chiqarmasligimiz kerak. Etibor faqat o'yinga. Ha, hozirda deyarli barcha joyda VAR bor, ammo hakamlar mustaqil qaror qabul qilishga harakat qilishlari kerak.

Yana bir tendenciya – o'ynashga berish. Masalan, jarima maydonchasi ichida qandaydir to'qnashuv yuz berdi va bunday holatda penalti belgilash mumkin, ammo yaxshisi o'yinni to'xtatmagan maqul. Hakam o'ziga masuliyat olishi va ko'proq kurashga qo'yib berishi kerak. Vaziyatni o'z zimmasiga olib, o'yinni davom ettirishga ruxsat beradigan hakamlar 90-95% holatlarda haq bo'lib chiqishadi. Futbol – kontaktli sport turi, qandaydir to'qnashuvlarning oldini olishni iloji yo'q. Har bir teginishdan so'ng o'yinni to'xtatish, jarima zarbasi yoki penalti belgilash kerakmas. Futbol kontaktli, dinamik va qiziqarli bo'lishi kerak.


- Yaxshi hakam yomonidan nimasi bilan farq qiladi? Top hakam qanday sifatlarga ega bo'lishi kerak?

- Ko'plab hakamlar o'yin qoidasini bilishadi, ammo hammasi ham futbolni tushunavermaydi. Albatta, hakamlarga malum bir darajada o'zlarining futboldagi o'yin tajribalari, hech bo'lmaganda o'smirlar yoki yoshlar darajasidagi o'yinlari yordam beradi. Hakam bo'lishni xohlaydigan sobiq futbolchiga qandaydir oddiy narsalarni o'rgatish kerakmas. Futbolni yaxshi darajada o'ynamaganlarga bu borada qiyinroq bo'lishi mumkin. Ammo, shunday misollar borki, u futbol o'ynamagan va baribir top hakamga aylangan. Asosiysi – futbolni sevish va uni tushunish. Futbolni tushunish malum bir manoda "qonda" bo'lishi kerak desa ham bo'ladi. Agar inson nima qilayotganini va nega qilayotganini tushunsa, unga hakamlik faoliyatida oson bo'ladi.

Men hakamlarim bilan gaplashadigan asosiy narsalardan yana biri "o'yin ruhidir". Agar kam ahamiyatga ega vaziyatda sariq kartochka bermaslik mumkin bo'lsa, yaxshisi bermagan maqul. Masalan, qandaydir bahslar. Ammo, og'riq, jarohat etkazish xavfi bo'lsa, unda kartochkalar ko'rsatilishi kerak. Va yaxshi hakam albatta yaxshi menejer ham bo'lishi kerak. U o'yinni nazorat qila olishi kerak. Hammasini ham, har doim ham kartochkalar evaziga nazorat qilib bo'lmaydi. Kim bilan, qachon va asosiysi qanday gapirishni bilish kerak.

Bu borada Saudiya Arabistoni dunyodagi eng qiyin liga. Bu erda turli mamlakatlardan, turli temperamentdagi va asosiysi, turli darajadagi juda ko'p o'yinchilar bor. Bu erga dunyo yulduzlari kelguniga qadar chempionatda Afrikadan himoyachilar va Janubiy Amerikadan hujumkor o'yinchilar ko'p edi. Yulduzlarning kelishi Saudiya Arabistonida futbolning darajasini ko'tardi. Ko'p narsalar o'zgardi, jumladan hakamlik ham. Qolgan o'yinchilar yulduzlarga intiladi, ularga mos bo'lishga harakat qiladi, shu sabab bu erda keraksiz bahslar va to'qnashuvlar kamaydi. Barcha jahon darajasidagi futbol o'ynashga harakat qilmoqda.


- Hakam yulduz futbolchilarga o'zgacha munosabatda bo'lishi kerakmi? Umuman olganda ular Saudiya Arabistoniga kelganidan so'ng hakamlarning ishlarida nima o'zgardi?

- Yulduzlarning kelishi bilan bizning ishimizda hech narsa o'zgarmadi: oldingidek hakamlarni o'yinlarga tayyorlayapmiz. Oldinroq aytganimdek, qaerdadir hakamlarga ham o'yin nuqtai nazaridan osonroq bo'ldi, ammo javobgarlik oshdi. Saudiya Arabistoni chempionatini ko'plab davlatlarda kuzatishadi, bu hakamlarga qo'shimcha psixologik bosim. Ammo, hakamlar yulduz o'yinchilarga o'zgacha munosabatda bo'lishmoqda deya olmayman.


- Ish davomida qaysi taniqli hakamlar bilan duch kelgansiz. Ehtimol kim bilandir gaplashib turarsiz?

- Ko'plar bilan duch kelganman: Nestor Pitana, SHimon Marchinyak, Uilton Sampayo, Sesar Ramos, Jyuneyt CHaqir, Milorad Majich. Sergey Karasyov bilan yaxshi tanishman. Ish bo'yicha Xovard Uebb bilan ko'p gaplashaman – u hozirda Angliyada hakamlar departamentini boshqaradi. Hozirda Qatarda hakamlikka javob beradigan Valentin Ivanov bilan yaxshi tanishman. Umuman olganda, ko'plar bilan tanishman va duch kelganman, ammo bu ishimizdagi asosiy narsa emas. Ko'p muloqot qilishga to'g'ri keladi, bazida shunchaki qandaydir vaziyatlarni muhokama qilish, chetdan u yoki bu epizod bo'yicha fikr olish. Turli xil joydan bo'lgan insonlar bitta vaziyatni turlicha ko'rishadi.


- Nega O'zbekistondan ketishga qaror qildingiz? Faoliyatingiz boshqa mamlakatga o'tganingizdan so'ng yuqorilab ketdi.

- OFK va FIFAda ishlashni boshlaganimda katta tajriba to'pladim. Hakamlik, boshqaruv va hakamlarni qanday o'qitish bo'yicha. Ko'plab davlatlarda bo'ldim, u erdagi tendenciyalarni, qanday ishlashlarini ko'rdim. Aslida, menda Saudiya Arabistonidan uchta taklif bo'ldi va men uchinchi martasida, aniqrog'i 2021 yilda rozi bo'ldi. Boshqa mamlakatlardan ham taklif bo'ldi, ulardan biri Evropadan. Ammo, oilaviy sabablarga ko'ra oldinroq O'zbekistondan keta olmadim.

Saudiya Arabistonida ajoyib liga borligi uchun kelishga rozi bo'ldim. Futbol qiziqarli, dinamik. Hakamlik ham rivojlanishga muxtoj edi. Bu erda taniqli mutaxassislar ishlagan, ammo yagona tizim yo'q edi. Biz tizimni ishlab chiqish va uni tadbiq qila olishga erishdik, yakunda esa bu o'z natijasini berdi. O'z imkoniyatlarimni Saudiya Arabistonida namoyon eta oldim deb ayta olaman, sababi bu erda professional o'sish uchun barcha sharoitlar bor.


- Hakamlik darajasi xalqaro maydonda qanchalik mamlakatning obro'yiga tasir ko'rsatadi?

- Bu juda muhim albatta. Har qanday federaciyani terma jamoasi qanday natija ko'rsatayotgani va hakamlik ishlari bo'yicha baholaydi. Bu terma jamoadan keyingi ikkinchi faktor. Hakamlik yaxshi bo'lishi uchun esa futbol federaciyasi tomonidan qo'llab-quvvatlash bo'lishi shart. Ammo, faqatgina pul evaziga ishni qurib bo'lmaydi – bu uchun katta ish bajarilishi, rivojlanish va bu uchun katta energiya berilishi kerak.

Odatda hakamlarga etiroz bildiriladi. Qaerdadir haqli, qaerdadir nohaq. Ammo, doim hakamlar ligadagi yana bir jamoa deyman. Agar Superligada 14 jamoa bo'lsa, hakamlar bu borada o'n beshinchi. Hakamlarni ligadan ajratib bo'lmaydi. Ular mahalliy futbolni tushunishi, his qilishi kerak. To'g'ri qaror qabul qilish – faqatgina aysbergning tepasi. Bu uchun juda ko'p ish qilish kerak. Ko'p odamlar bu ish ortida qanday ish yotganini bilmaydi. Hakamlarni doimo o'qitish kerak, kimlargadir u yoki bu narsani tushunish uchun bir necha oy kerak bo'ladi. Nazariy tayyorgarlik, mashg'ulotlar, og'irlik nazorati va boshqa ko'rsatkichlar – bularning barchasi hakamlik sifatiga tasir qiladi. Barchasi huddi futbolchilarnikidek.


- SHunda qilib hakamlar ham dietaga amal qilishlari kerakmi?

- Albatta! Ilk bor Saudiya Arabistonidan bo'lgan hakamlar uchun ilk yig'inga kelganimda ular bilan tanishish uchun nazariy sinfga bordim. Hakamlar tanaffusda kofe ishib olishlari, dam olishlari uchun kirish oldidan kofe-breyk turardi. Men birdan "Kruassanlar, pechenelar, konfetlar, shirinliklar va shirin ichimliklarni olib tashlang" dedim. O'z yig'inlarim yoki seminarlarimda hech qanday shirin va nonli mahsulotlarga ruxsat bermayman. Saudiya Arabistonida jismoniy tayyorgarlikdan o'ta olmaydiganlar o'yinlardan chetlashtiriladi. Bu o'zini formaga keltirib olmagunga va kerakli barcha normativlarni topshirmaguncha davom etadi. O'tgan yili bir hakam yarim kilogramm yig'di – yakunda esa kelasi o'lchashga qadar bir oy hakamlik qilmadi.


– Hakamlarning xatolari ustida qanday ishlaysiz?

– Futbolda bizning aralashuvimiz va tushuntirishimiz talab etiladigan qaydaydir vaziyatlar tez-tez sodir bo'lib turadi. Biz tayyor bo'lishimiz kerak, bunday o'xshash holat 3-4 marta sodir bo'lsa, demak yana ko'proq bo'lishi mumkin. Biz koncepciya ishlab chiqamiz, hakamlarni yig'amiz va bunday vaziyatda yaxshisi qanday yo'l tutish kerakligini tushuntiramiz. Hakamni nimadirni yomon qilganlari bo'yicha ayblash oson. Ammo, savol berish kerak: ular to'g'ri qaror qabul qilishlari uchun nima qilishimiz kerak?

Oldinroq aytganimdek, hakamlar ligadagi qo'shimcha jamoadir. Men bu jamoada huddi murabbiydekman. Agar hakamlar men ulardan talab qilayotganimni qilishmasa, bunday holatda malum choralarni ko'raman. Hakamlarni o'qitadigan, ularning ishini nazorat qiladiganlar o'yinlarga ham hakamlarni tayinlashi kerak. Ammo, barcha davlatlarda ham bunday qilinmaydi. Har bir qadamda intervyu berib, o'z qo'l ostidagilariga nisbatan qanday choralar ko'rayotganini qichqiradigan etakchi emas. Etakchi natijaga erishish uchun o'z atrofiga yig'adiganlarni aytishadi. O'z shtatimga mendan nimadadir yaxshiroq bo'lganlarni olaman. Kimdir boshqaruvda, kimdir nazariyada, kimdir esa texnologiyalarda yaxshiroq bo'ladi. Ammo, ularni men birlashtiraman va bu ishimda yordam beradi. Agar xodimlarim barchasida mendan yomon bo'lishsa, ular menga nega kerak?


– Sizga O'zbekistondan maslahat so'rab murojaat qilishadimi?

– Ko'plab hakamlar yozishadi, ular qandaydir epizodlarni tahlil qilish bo'yicha yordam so'rashadi. Ammo, gap shundaki, men hozirda O'zbekiston Superligasining "energiyasini" his qilmayapman – u erda uch yildan beri ishlamayman. O'zgarmas bo'lib qoladigan umumiy qabul qilingan ish principlari bor. Ammo, mahalliy mutaxassislar yaxshiroq tahlil qiladigan narsalar ham bor.

Ligada nima bo'layotganini bilish kerak. Har bir joyning o'z specifikasi va o'z madaniyati bor. Maslahatlarimni so'ramaslaridan O'zbekiston Superligasining ishiga aralashmoqchi emasman. SHuningdek, boshqa ligadan kelgan mutaxassislar Saudiya ligasida menga nima qilishni ko'rsatishmaydi. Albatta, agar bu ochiqdan-ochiq masalan qo'l bilan o'yin yoki ofsayd epizolari bo'lmasa. O'zbek yoki boshqa mamlakat hakamlariga qaerdadir maslahatlar bera olaman deb o'ylayman, ammo ularga yo'riqnoma bera olmayman. Ammo, hakamlar va mutaxassislardan savollar tez-tez kelib turadi va men ularga javob berishga harakat qilaman.


– Saudiya Arabistoni va O'zbekiston futbol o'rtasidagi farq nimada?

– Bu erda raqobat juda katta. Saudiya Arabistoniga keladigan mutaxassislar katta harflar bilan professionallardir. Bu erda "o'rtacha" mutaxassislar deyarli yo'q. Saudiya Arabistonida juda ko'p chet ellik mutaxassislar, hatto rahbarlik postlarida ham bor, jumladan Evropadan ham. Bu nafaqat Ligaga, balki futbol federaciyasiga ham taaluqli.

Saudiya Arabistonida shunday qurilganki, agar chet ellik mutaxassis kelsa, bunday holatda unga ishoniladi va hattoki "kart-blash" ham berishadi. Oddiy qilib aytganda mano shunday: "Sen professional ekanligingni bilaman va senga ishonaman. Kerak deb hisoblaydiganlaringni qil. Ammo, natijaga ham sen javobgar bo'lasan".

Professionalizm faqatgina insonning ushbu sohada yaxshi bo'lishi bilan belgilanmaydi. Professional o'z xatolarini tan ola bilishi kerak. Masalan, agar hakamlik bilan qandaydir muammolar bo'lsa, men kelaman va shunday deyman: "Menimcha, nimadadir adashdim. Ayb menda". O'zingni mashhur qilish haqida o'ylashing emas, natija yaxshi bo'lishi uchun kerak bo'ladigan narsani qilishni xohlashing kerak.


– Oxirgi marta qachon O'zbekistonda bo'ldingiz? Ish bo'yicha yaxshi taklif tushsa, O'zbekistonga qaytishga tayyormisiz?

– Oxirgi marta O'zbekistonda bir yarim yil oldin bo'lgandim. Juda ko'p ish, zich taqvim, ko'plab safarlar... Hozircha uzoq muddatga kela olmayapman, 5-6 kunga kelishdan esa mano yo'q.

Ish bo'yicha: mendan bir necha bor Saudiya Arabistoni bilan qachon shartnomam yakuniga etishini so'rashdi. Ammo, bu erga bitta gap to'g'ri keladi: "Maydondagi bitta jangchi bo'lmaydi". Hakamlikni olsak, ushbu sohada juda ko'plab parametrlar bor. Faqatgina hakamlikni tushunadigan mutaxassis kerakmas. Mamlakatdagi futbol rahbariyati qo'llab-quvvatlaydigan rahbar kerak. U barcha strukturani, hakamlarni tayinlashdan tortib, ularning ishini baholashgacha bilishi kerak. Odamlarni shunchaki "ishga" olmaslik kerak. Ular o'z ishlarida nimanidir kuchaytiradigan odamlarni olish kerak. Bunday odamlar qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi.


Nikolay Egorichev suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика