So’nggi yangiliklar

23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  7 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  4 22:54"Барселона" — "Хетафе". Педри, Левандовски ва Рафинья асосий таркибда  2 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  15 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  57 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1 19:37Родри: "Арсенал"дан қасос олишимиз керак"  7 19:18"Арсенал" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда  31 18:50Усмоновнинг сўнгги сонияларда киритган голи "Андижон"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  30 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  8 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  2

Mergen Orazov: "Tojikistonga qarshi eng yaxshi o'yinimizni namoyish etib, uch ochkoni qo'lga kiritishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Mergen Orazov: "Tojikistonga qarshi eng yaxshi o'yinimizni namoyish etib, uch ochkoni qo'lga kiritishga harakat qilamiz"

Turkmaniston termasi bosh murabbiyi Mergen Orazov CAFA Nations Cup musobaqasi oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

- Musobaqa haqida

- Avvalambor, bu O'rta Osiyo futboli uchun katta qadam. Mintaqada futbol rivojlanishiga katta yordam beradi deb o'ylayman. Turnirdan umidlarimiz katta, terma jamoamiz uchun katta sinov bo'ladi. O'ylaymanki, ushbu musobaqada Turkmaniston terma jamoasi yaxshi ishtirok etadi.

- Musobaqaga start berilishidan avval ushbu musobaqa haqidagi fikrlaringiz...

- Ushbu musobaqa barcha terma jamoalarga foyda keltiradi va chiroyli musobaqa bo'ladi deb o'ylayman. Raqiblar kuchli, lekin biz ham o'z o'yinimizni namoyish etishimiz kerak.

- O'tgan yili Turkmaniston U-23 terma jamoasi Toshkentda kechgan Osiyo chempionatida juda yaxshi taassurot qoldirgan edi. Terma jamoa bosh murabbiy sifatida o'sha tarkibdagi yigitlarni kuzatdingizmi va ushbu musobaqada terma jamoangizdan nima kutsak bo'ladi?

- Maqsad – guruhdan chiqish. Tarkibimizda ko'p futbolchilarimiz yangi. Har xil taktik uslublarni qo'llashni niyat qilganmiz. Maqsadimiz – musobaqada 3-4-o'rinni egallash.

- "Arqadag'" klubi terma jamoa o'yinchilarini bir tarkibga yig'ib olgani Turkmaniston terma jamoasi uchun zararga ishlaydimi?

- Terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ushbu jihatdan foydali tomonlarini ko'rmoqdaman, sababi yigitlar bir jamoada o'ynashi, ularning bir-biri bilan yaxshi chiqishishiga xizmat qiladi.

- Birinchi uchrashuv Tojikiston terma jamoasiga qarshi. Ertangi uchrashuvdan qanday natija kutmoqdasiz?

- Raqibni o'rganmoqdamiz. Ertaga eng yaxshi o'yinimizni namoyish etib, uch ochkoni qo'lga kiritishga harakat qilamiz.

- Arslanmirat, siz ko'p yillar davomida O'zbekiston chempionatida to'p tepgansiz. Guruh bosqichida O'zbekistonga qarshi o'yin o'tkazasizlar. O'zbekistonga qarshi kechadigan uchrashuvdan nimalar kutmoqdasiz?

- O'zbekistonda faoliyat yuritganman va ushbu terma jamoaning kuchini bilaman. O'zbekiston terma jamoasi ancha kuchli va juda yaxshi shakllangan, lekin biz O'zbekiston terma jamoasi bilan bo'ladigan o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz, raqib kuchli, lekin biz ham o'z uslubimizda o'ynaymiz. Raqibdan qo'rqish yo'q.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика