So’nggi yangiliklar

12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  0 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  5 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  6 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  10 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  1

Turkmaniston murabbiyi: "Tojikiston rivojlanayotgan jamoa" Yangiliklar

Turkmaniston murabbiyi: "Tojikiston rivojlanayotgan jamoa"

Ertaga Tojikiston va Turkmaniston terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.

SHu munosabat bilan bugun, 8 noyabr kuni, Toj-Palas mehmonxonasining matbuot anjumanlari zalida o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Mehmonlar bosh murabbiyi Amanqilich Kochumov kasalligi tufayli unda ishtirok eta olmadi. Uning o'rniga yordamchi murabbiy CHoriyarguli Seydiev va "Olmaliq" klubi yarim himoyachisi Arslonmurot Omonov o'z fikrlarini bildirishdi. Bu haqda fft.tj sayti xabar berdi.

- Avvalo Amanqilich Kochumov matbuot anjumaniga kela olmagani uchun uzr so'rayman. Uning issig'i chiqqani uchun bu erda emas. Umid qilamanki ertaga jamoani o'zi maydonga boshlab tushadi.

Tojikiston bilan o'yinga kelsak bu bahsni biz 2019 yilgi Osiyo kubogi saralash bahslariga tayyorgarlik sifatida ko'rayapmiz. Dushanbega eng kuchli tarkibni olib keldik. Jamoamizda 4 nafar legioner bor, ular CHexiya va O'zbekiston chempionatlarida o'ynashadi. Legioner futbolchimiz Ruslan Mingazovning o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida turibdi. Uning sonida jarohat bor va mashg'ulotni o'tkazib yubordi.

Tojikiston terma jamoasi kuchli va rivojlanayotgan jamoa, ular tezkor futbol o'ynashadi, oxirigacha kurashadi.  Yaxshi o'yin ko'rsatishga urinamiz.

 

Arslonmurot Omonov, Turkmaniston terma jamoasi sardori:

- O'rtoqlik o'yinlarida jamoa oldida hech qanday aniq vazifa bo'lmaydi. Biz Osiyo Kubogi-2019 final bosqichiga chiqmoqchimiz. Tojikiston juda yaxshi jamoa, ular oxirgi paytlarda ancha kuchayishdi va bir qator etakchi jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishdi. Ertaga ikkala tomon uchun ham keskin bahs bo'ladi deb o'ylayman.
 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика