So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Markaziy Osiyo. Qozog'istonda peshqadam ochko yo'qotdi, Qirg'iz Respublikasida kubok yarim finalchilari malum, Turkmanistonda "Arkadag'" 3 ta gol o'tkazib yubordi Yangiliklar

Markaziy Osiyo. Qozog'istonda peshqadam ochko yo'qotdi, Qirg'iz Respublikasida kubok yarim finalchilari malum, Turkmanistonda "Arkadag'" 3 ta gol o'tkazib yubordi

Markaziy Osiyo mamlakatlari musobaqalari bilan tanishtirishda davom etamiz.

QOZOG'ISTON

Qozog'iston chempionatida 14-tur o'yinlari yakunlandi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

«Ulitau» – «Jetisu» – 1:2

«Atirau» – «O'kjetpes» – 0:0

«Turan» – «Aktobe» – 0:3

«Tobil» – «Jenis» – 2:2

«Qaysar» – «Elimay» – 1:2

«Ordabasi» – «Qayrat» – 0:1

«Astana» – «Qiziljar» – 3:3

Turnir jadvalida «Astana» peshqadamlik qilmoqda. «Qayrat» bir ochko ortda qolgan holda eng yaqin taqibchi bo'lib turibdi.

Shuningdek, turning ramziy jamoasi elon qilindi:

Xatkevich (Atirau), Odeoibo (Elimay), Kiki (Aqtobe), Jumaxanov (Elimay), Vetejelu (Aqtobe), Usenov (Aqtobe), Maykom (Elimay), Chesnokov (Tobil), Gromiko (Qayrat), Payruz (Elimay), Bolov (Jetisu)

To'purarlar ro'yxatida «Qayrat»ning yosh forvardi Dastan Satpaev 8 ta gol urgan holda peshqadam bo'lib turibdi. 

15-tur uchrashuvlari 4–5 iyul kunlari o'tkaziladi.

TOJIKISTON

O'zbekistonlik futbolchilar

Hamidullo Abduhakimov, Sardor Xursandov, Mirjalol Qosimov, Sanjar Rixsiboev, Diyor Shavqiev, Izzatilla Tursunov, Zoir Tursunov (barchasi – «Esxata»); Suxrob Berdiev, Bobur Qosimov, Abdujalil Manazarov, Mirzohid Mirzomahmudov, Jahongir Safarov, Sardor Saidov, Shahzod Shamsiddinov (barchasi – «Istaravshan»); Zafar Ismoilov («Hulbuk»); Firdavs Abdusalimov, Asiljon Begimqulov, Islom Toshpo'latov (barchasi – «Xo'jand»); Ayubxon Alimov, Rustam Qo'chqorov (barchasi – «Panjsher»).

Tojikistonda 13-tur o'yinlari yakunlandi. 20 iyun kuni start olgan tur o'yinlari 28 iyun kuni nihoyasiga etdi. «Istiqlol» mazkur turda «Regar TadAZ» maydonida 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Turnir jadvalida «KMVA» va «Vaxsh» 27 ochkodan to'plagan holda etakchilik qilmoqda. «Istiqlol» bitta kam o'yin o'tkazgan holda 3-o'rinda bormoqda.

 

QIRG'IZ RESPUBLIKASI

O'zbekistonlik futbolchilar

Abdug'ani Kamolov («Abdish-Ata»), Ismoil Abdurakhmonov, Sarvar Ablaev, Jamshid Kobulov, Eldor Mamatkazin, Mirzohid Mamatxonov, Nuriddin Nuriddinov, Muhammadali Tursunov (barchasi – «Alay»); Azamat Maksumov, Timur Nabiev (barchasi – «Asiagol»); Dadaxon Yusupov («Ilbirs»), Sherzod Abdullaev («Qirg'izoltin»), Aziz Kosibxonov («Muras Yunayted»), Farhod Mirahmadov, Sirojiddin Bashriddinov («Neftchi»), Xushnud Bozorov, Rustam Quchqorov, Shohruhbek Muratov, Otabek Mo'minov, Ismoilxon Oxunxonov, Akmal Rahimov, Shukurjon Rustamjonov, Maradona Safarov, Behruz Shodmonov, Andrey Sidorov, Saidumar Sodiqov, Jasurbek Umrzoqov (barchasi – «O'shMU-Aldier»); Islom Abdullaev, Izzatilla Abdullaev, Jahongir Qushoqov, Javohir Sohibov (barchasi – «O'zgan»), Ulug'bek Sharipov, Nurmuhammad Toshpo'latov (barchasi – «Talant»).

Qirg'iz Respublikasida 13-tur o'yinlari davom etmoqda. Tur bugun o'z nihoyasiga etadi. «Muras Yunayted» turnir jadvalida etakchilik qilmoqda, «Alay» eng yaqin taqibchi bo'lib turibdi.

Shuningdek, kubok yarim finalchilari va bellashuvlar o'tkaziladigan sanalar malum bo'ldi.

15 iyul

«Bishkek Siti» — «Muras Yunayted»

«Dordoy» — «Alay»

20 iyul

«Muras Yunayted» — «Bishkek Siti»

«Alay» — «Dordoy»

TURKMANISTON

Turkmaniston chempionatida o'tgan hafta 9-tur, ushbu hafta esa 10-turning qoldirilgan o'yini o'tkazildi va unda «Arkadag'» «Altin Asir»ni 7:3 hisobida mag'lub etib, g'alabali seriyasini davom ettirdi. Turnir jadvalida 2-o'rinda borayotgan «Axal» peshqadamdan 14 ochko ortda qolmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика