So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   5 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  12 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Markaziy Osiyo. Qozog'istonda kubok yarim finali o'tkaziladi, "Istiqlol" 3-o'ringa ko'tarildi, "Arkadag'" esa eng yaqin taqibchisidan 11 ochko ilgarilab ketdi Yangiliklar

Markaziy Osiyo. Qozog'istonda kubok yarim finali o'tkaziladi, "Istiqlol" 3-o'ringa ko'tarildi, "Arkadag'" esa eng yaqin taqibchisidan 11 ochko ilgarilab ketdi

Markaziy Osiyo mamlakatlari musobaqalari bilan tanishtirishda davom etamiz.

QOZOG'ISTON

Qozog'iston chempionatida 13-tur o'yinlari yakunlandi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

«Qayrat» – «Qiziljar» – 1:0

«Jenis» – «Atirau» – 2:0

«Tobil» – «Jetisu» – 2:1

«Elimay» – «Turan» – 2:1

«Oqjetpes» – «Ordabasi» – 0:1

«Qaysar» – «Ulitau» – 1:1

«Aqtobe» – «Astana» – 0:1

Turnir jadvalida «Astana» etakchilik qilmoqda, «Qayrat» eng yaqin taqibchi bo'lib turibdi.

To'purarlar ro'yxatida «Qayrat»ning yosh forvardi Dastan Satpaev 8 ta gol urgan holda peshqadam bo'lib turibdi.

14-tur o'yinlari 28–29 iyun kunlari o'tkaziladi:

«Ulitau» – «Jetisu»

«Atirau» – «Oqjetpes»

«Turan» – «Aqtobe»

«Tobil» – «Jenis»

«Qaysar» – «Elimay»

«Ordabasi» – «Qayrat»

«Astana» – «Qiziljar».

Shuningdek, bugun Qozog'iston kubogining yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tadi, ushbu bosqichda «Qiziljar» «Ordabasi»ni qabul qilsa, «Jenis» «Tobil» mehmoni bo'ladi.

TOJIKISTON

O'zbekistonlik futbolchilar

Hamidullo Abduhakimov, Sardor Xursandov, Mirjalol Qosimov, Sanjar Rixsiboev, Diyor Shavqiev, Izzatilla Tursunov, Zoir Tursunov (barchasi – «Esxata»); Suxrob Berdiev, Bobur Qosimov, Abdujalil Manazarov, Mirzohid Mirzomahmudov, Jahongir Safarov, Sardor Saidov, Shahzod Shamsiddinov (barchasi – «Istaravshan»); Zafar Ismoilov («Hulbuk»); Firdavs Abdusalimov, Asiljon Begimqulov, Islom Toshpo'latov (barchasi – «Xo'jand»); Ayubxon Alimov, Rustam Qo'chqorov (barchasi – «Panjsher»).

Tojikistonda 13-tur o'yinlari davom etmoqda. 20 iyun kuni start olgan tur o'yinlari 28 iyun kuni nihoyasiga etadi. «Istiqlol» mazkur turda «Regar TadAZ» maydonida 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Turnir jadvalida «KMVA» va «Vaxsh» 27 ochkodan to'plagan holda etakchilik qilmoqda. «Istiqlol» bitta kam o'yin o'tkazgan holda 3-o'rinda bormoqda.

QIRG'IZ RESPUBLIKASI

O'zbekistonlik futbolchilar

Abdug'ani Kamolov («Abdish-Ata»), Ismoil Abdurakhmonov, Sarvar Ablaev, Jamshid Kobulov, Eldor Mamatkazin, Mirzohid Mamatxonov, Nuriddin Nuriddinov, Muhammadali Tursunov (barchasi – «Alay»); Azamat Maksumov, Timur Nabiev (barchasi – «Asiagol»); Dadaxon Yusupov («Ilbirs»), Sherzod Abdullaev («Qirg'izoltin»), Aziz Kosibxonov («Muras Yunayted»), Farhod Mirahmadov, Sirojiddin Bashriddinov («Neftchi»), Xushnud Bozorov, Rustam Quchqorov, Shohruhbek Muratov, Otabek Mo'minov, Ismoilxon Oxunxonov, Akmal Rahimov, Shukurjon Rustamjonov, Maradona Safarov, Behruz Shodmonov, Andrey Sidorov, Saidumar Sodiqov, Jasurbek Umrzoqov (barchasi – «O'shMU-Aldier»); Islom Abdullaev, Izzatilla Abdullaev, Jahongir Qushoqov, Javohir Sohibov (barchasi – «O'zgan»), Ulug'bek Sharipov, Nurmuhammad Toshpo'latov (barchasi – «Talant»).

Qirg'iz Respublikasida 13-tur o'yinlari yakunlandi. «Muras Yunayted» turnir jadvalida etakchilik qilmoqda, «Alay» eng yaqin taqibchi bo'lib turibdi. 

To'purarlar jadvalida birato'la uch nafar futbolchi 7 tadan gol urgan holda etakchilik qilmoqda.

TURKMANISTON

O'tgan hafta Turkmaniston chempionati 9-turi doirasidagi qoldirilgan o'yini bo'lib o'tdi. Unda «Arkadag'» kutilganidek «Axal» maydonida yirik hisobda g'alaba qozondi (3:0). 13 turdan so'ng 100 foizlik natija qayd etgan «Arkadag'» eng yaqin taqibchisidan 11 ochko ilgarilab ketgan.

 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика