So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Turkiyada o'ynayotgan o'zbekistonlik "jangchi" Yangiliklar

Turkiyada o'ynayotgan o'zbekistonlik "jangchi"

"Fotih Karagyumruk" sharafini himoya qilayotgan Otabek SHukurov Turkiyaning eng mashhur gazetalaridan biriga intervyu berdi.

"Fanatik"da hamyurtimiz haqida shunday yoziladi:

"Fotih Karagyumruk" mavsum avvalida o'zbekistonlik futbolchini transfer qildi. Otabek SHukurov o'z yurtida faqat harbiylarga beriladigan "Mard o'g'lon" ordeni bilan taqdirlangan. Futboldan topgan pullari bilan bolalarning talim-tarbiyasiga yordamlashadi. Yosh bo'lishiga qaramay, terma jamoada sardorlik bog'ichini taqqan yarim himoyachi Istanbul klubining etakchilaridan biri hisoblanadi. 26 yoshli futbolchi uchrashib, maqsadlari va hayot hikoyasini tingladik:

 

"Turk Superligasidagi birinchi o'zbek"

"Albatta, Turkiyani tanlaganim uchun mamnunman. Bu men uchun yangi chaqiriq. Superligadagi birinchi o'zbek bo'lish yoqimli. Taqdirimda yozilgan hamma narsaga roziman. 

Turkiya chempionati haqidagi fikrlarim judayam iliq. CHunki kuchli, sifatli jamoalarning soni ko'p. Natija, maqsadlari uchun bor imkoniyatlarini ishga soladigan, butun kuchidan foydalanadigan klublardan iborat liga. Qisqasi, ham o'yinchi, ham muxlis sifatida yoqyapti. Bu erda bo'lganim uchun baxtliman".

"Har o'yin finalga teng"

"Oldimga doim yuksak maqsadlarni qo'ydim. Futbolni juda yaxshi ko'raman. Maydonda o'tkazadigan har onim hayot mazmuniga aylangani tufayli bor kuchimni berishni xohlayman. Har o'yinga finaldek tayyorlanyapmiz. Bu jamoaning bir parchasi sifatida qo'limdan keladigan ishning eng yaxshisini qilaman".

Pirlo haqida

"Andrea Pirlodek afsona bilan ishlash men uchun rostan ham yoqimli. U men to'p tepadigan poziciyada qanday o'ynagani, qanaqa futbolchi bo'lganini butun dunyo biladi. Har lahzadan unumli foydalanishga, undan yangi narsalar o'rganishga va o'zim uchun xulosa olishga harakat qilyapman".

"Kelishuvga amal qilaman"

"G'arbdan kelayotgan takliflarga to'xtalsak, men uchun muhim bitta narsa bor: "Fotih Karagyumruk" bilan amaldagi shartnomam. Professional o'yinchi siffatida bu bitimga tamoman amal qilaman. Jamoada o'zimni yaxshi his qilyapman. Butun etiborim shu klubga qaratilgan".

O'mer Nejati Albayrak, "Fanatik" gazetasi

Faxriddin tarjima qildi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика