Ture: "Messi - g'alati inson, u kabilar juda kam"
12 apr 2019 13:27
Yangiliklar
Ture: "Messi - g'alati inson, u kabilar juda kam"
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Yaya Ture Kataloniya klubining argentinalik forvardi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, ivuarlik futbolchi 2007-2010 yillarda "Barselona"da to'p tepgan.
"Messi to'pni qabul qilsa, uning atrofida 3 yoki 4 futbolchi paydo bo'ladi. Lionel boshqa darajada. Odatda u juda kam gapiradi, chunki bor etibori futbolga qaratilgan. Messi har qanday futbolchi uchun ideal jamoadosh, biroq u biroz g'alati inson, u kabilar juda kam.
Leo bilan birga shug'ullansang, unga ko'nikasan, Messi esa senga moslashadi. Qisqa qilib aytadigan bo'lsam, u jamoaga g'alaba qozonish va sovrinlar yutishda yordam beradi" - deydi yarim himoyachi.
Messi joriy mavsum LaLigada 33ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar