So’nggi yangiliklar

07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   0 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  0 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  11 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  25 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  416 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  3 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  8 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9

Tungi arxiv. #4 - Mirjalol Qosimov Yangiliklar

Tungi arxiv. #4 - Mirjalol Qosimov

Moziy yulduzlari haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.


Bu galgi to'rtinchi qahramonimiz sifatida 4-raqamning haqiqiy egasi, o'zbek futbolining tirik afsonasi, o'zbek o'g'loni - Mirjalol Qosimovni tanladik. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emasdi.

Mirjalol Qosimov haqida qisqacha malumot:

Tug'ilgan sanasi: 1970 yil, 17 sentyabr
Tug'ilgan joyi: O'zbekiston, Toshkent shahri
Bo'yi: 174 sm
Poziciyasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: "SK FMM Moskva" (1986), "Paxtakor" (1987), "Dinamo Minsk" (1988), "Paxtakor" (1988-1991), "Spartak Vladikavkaz" (1992), "Paxtakor" (1993), "Alaniya" (1994-1996), "Paxtakor" (1997-1998), "Alaniya" (1999), "Paxtakor" (1999), "Krilya Sovetov" (2000-2001), "Al SHabab" (2001-2002), "Paxtakor" (2002-2003), "Alaniya" (2003-2004), "Mashal" (2005).
Terma jamoadagi faoliyati: O'zbekiston (1992-2005)
Murabbiylik faoliyati: O'zbekiston olimpiya terma jamoasi (2006-2007), "Bunyodkor" (2007-2014), O'zbekiston terma jamoasi (2008-2010, 2012-2015)



Mirjalol Qosimov o'zbek futbolining tirik afsonasi. Qosimov faoliyati davomida bir nechta musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kiritgan yagona o'zbek futbolchisi sanaladi.
Mirjalol Qosimov 14 yoshidan boshlab Sobiq Ittifoq terma o'smirlar terma jamoasida o'ynagan. Qosimov Sobiq Ittifoq o'smirlar terma jamoasi sardori bo'lgan. Mirjalol Qosimov sardorligi ostida Sobiq Ittifoq o'smirlar terma jamoasi jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan. SHuningdek, Mirjalol Qosimov o'smirlar terma jamoasi bilan Evropa chempionatida ham zafar quchgan. Qahramonimiz 1985-1986 yilda Moskva shahridagi oliy darajadagi futbol maktabida tahsil olgan.


Mirjalol Qosimov deganda futbol muxlislarining ko'z o'ngida jarima va burchak zarbalarini alo darajada ijro etadigan moxir futbolchi gavdalanadi. O'zbek o'g'loni uchun jarima zarbasi misoli 11-metrlik jarima to'pidek edi. Qosimov o'zining "sehrli" chap oyog'ida ko'plab mahoratli darvozabonlarni qiynab kelgan.
Mirjalol Qosimov ushbu qobiliyati orqali o'zbekistonlik millionlab muxlislarga qanchadan-qancha quvonch ulashgan.
Qahramonimiz qaysi jamoa safida to'p tepmasin barchasida ajoyib o'yinlarni o'tkazgan. Qosimovning maydonni ko'rish, sheriklarini birgina to'p uzatishi orqali qulay vaziyatga chiqarib yuborishi va o'z "firmenniy" zarbasi bilan darvozani ishg'ol etish sanati juda yuqori bo'lgan.


Mirjalol Qosimov UEFA tasnifidagi uchrashuvlarda gol kiritgan osiyolik ikkinchi, O'zbekiston tarixida esa bu ishni uddalagan birinchi futbolchi hisoblanadi.

Mirjalol Qosimovning "Liverpul" darvozasiga kiritgan super-goli:


Mirjalol Qosimov "Alaniya" safida UEFA kubogi doirasida "Liverpul" qarshi o'yinning 21-daqiqasida mersisaydliklar darvozasini jarima zarbasidan ishg'ol etgandi. Lekin o'sha bahsda "Alaniya" g'alabani saqlab qololmagan, Makmanaman va Rednapplarning gollari evaziga "Liverpul" yakunda zafar quchgandi.

 

Mirjalol Qosimov "Paxtakor" safida jami 52ta gol urgan


Mirjalol Qosimov O'zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng kuchli futbolchi deb bemalol ayta olamiz. Qosimov o'zi o'ynagan davrda terma jamoaning eng asosiy figurasi va etakchisi bo'la olgan. Qosimovda sheriklarini o'z ortidan ergashtira olish qobiliyati, etakchilik xususiyati juda yuqori bo'lgan. O'zbekiston terma jamoasi o'yinida o'z imzosiga ega bo'lgan sanoqli futbolchilardan biri hisoblangan Mirjalol Qosimov.



Qosimov "Alaniya" safida 1995 yilda Rossiya chempionligini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan.
Mirjalol Qosimov o'zining futbolchilik faoliyatini 2007 yilda rasman yakunlagandi. Toshkentdagi MHSK stadionida o'tgan hayrlashuv uchrashuvi Qosimovning bir qator do'stlari, sobiq jamoadoshlari kelishgan. O'zbekiston terma jamoasi va "Evropa va Osiyo yulduzlari"dan iborat tashkil etilgan jamoalar o'zaro kuch sinashishgan. Bu hayrlashuv o'yinida bir qator mashhur futbolchilar, murabbiylar tashrif buyurishgan.
Osiyolik mashhur futbolchilardan Ali Daei, Muborak Mustafa, evropaliklardan Sergey Semak, Andrey Karyaka, Viktor Onopko, Areksandr Tarxanov kabi yulduzlar ishtirok etishgan. "Alaniya"da Qosimovga ustozlik qilgan Valeriy Gazzaev, Sobiq Ittifoq o'smirlar terma jamoasida bosh murabbiylik qilgan Aleksandr Pikarev kabi mashhur mutaxassislar ham Toshkentga kelishgandi.
Hayrlashuv uchrashuvida 3:3 hisobida yakunlangan. Bu o'yinda ham Mirjalol Qosimov gol urishni uddasidan chiqqan.


Osiyo o'yinlari-1994dagi muvaffaqiyatimizda Mirjalol Qosimovning xizmatlari katta bo'lgan


Mirjalol Qosimov 2010 yilda Valdikavkazda o'tkazilgan "Alaniya" va "Spartak" jamoalari afsonalari o'rtasidagi bahsda ham taklif etilgan va o'yinda ishtirok etgan. Mirjalol Qosimov ushbu o'yinda ham "Spartak" afsonalari darvozasini ishg'ol etishni uddasidan chiqqan edi.

Qahramonimiz O'zbekiston terma jamoasi safida 67 o'yin o'tkazgan va raqiblari darvozasiga 31 marotaba yo'l topa olgan.
Mirjalol Qosimovning benazir o'yinlari, zargarona paslari, chiroyli va kuchli zarbalarini ko'pchilik kechagidek eslaydi.


Mirjalol Qosimov istalgan darvozabonning "kaliti"ni o'zining jarima zarbalari orqali topishi mumkin edi.

Qosimov nafaqat futbolchilik faoliyatida muvaffaqiyat qozondi. Balki murabbiylik faoliyati davomida ham bir qator ajoyib natijalarni qayd etdi.
"Bunyodkor" jamoasi bilan uch marotaba O'zbekiston chempionligi, O'zbekiston kubogi sohibi va OCHLda hali hech bir o'zbekistonlik murabbiy erishmagan cho'qqi, yani yarim finalga qadar etib borgan. O'zbekiston terma jamoasi bilan esa JCH-2014 yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun juda yaqin kelgandi. Hal qiluvchi bosqichga guruhda to'plar nisbatiga ko'ra jamoamiz Braziliyaga chiptasiga ega chiqa olmay qolgandi.


Bir so'z bilan aytganda, Mirjalol Qosimov o'zbek futboli afsonasi!

Uning o'yinlarini millionlab futbol ishqibozlari sog'inib qolishgani aniq...

45 yoshni qarshilagan Mirjalol Qosimov hozircha kichik tanaffusga chiqqan. Kelajakda Qosimovning murabbiylik faoliyati va o'zbek futboli yo'lidagi ishlarida omad tilab qolamiz...

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика