So’nggi yangiliklar

17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  3 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  3 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  0 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  8 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  16 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  4 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  8 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  15 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  4

Transfermarkt.de oliy liga klublarini qanchaga baholadi? Yangiliklar

Transfermarkt.de oliy liga klublarini qanchaga baholadi?

Jahonga mashhur Transfermarkt.de portali o'zbek jamoalari va futbolchilarining yangilangan transfer narxlarini malum qildi.

Unga ko'ra, ayni damda O'zbekistonnning eng qimmat jamoasi nomini – “Paxtakor” qo'lga kiritdi. Portal ushbu jamoani 11,90 million evroga baholadi. Jamoaning eng qimmat futbolchilari deb Marko Simich va Igor Sergeevlar keltirilgan – 1 million 800 ming evro.

2-o'rinda esa “Lokomotiv” qayd etilgan. “Temiryo'lchilar” 11,48 million evroga narxlandi. Mamlakatimizning amaldagi chempionining eng qimmat o'yinchisi sifatida Marat Bikmaev qayd etilgan. CHempionat to'purarining taxminiy transfer narxi – 1 million 200 ming evro.

3-o'rinda Qarshining “Nasaf” jamoasi qayd etilgan. “Ajdarlar”ning umumiy transfer narxi  – 7,88 million evroni tashkil etadi. Qarshiliklarning eng qimmat  futbolchisi – Dragan CHeran bo'lib turibdi. Legioner hujumchining taxminiy transfer narxi – 1 million evro.

Bizning “Qo'qon-1912” jamoasi transfer narxlari borasida O'zbekistonning oltinchi jamoasi sifatida qayd etilgan. Transfermarkt.de portali qo'qonliklarning umumiy transfer narxini 4,48 million evroga baholagan. Jamoamizning eng qimmat futbolchisi Aleksandr Merzlyakov. Uning taxminiy transfer narxi 450 ming evro sifatida ko'rsatib o'tilgan.

Demak, o'zbek klublarining umumiy transfer narxi 79,60 million evroga teng bo'ldi. Quyidagi jadval orqali batafsilroq malumot olishingiz mumkin:


Jamoa nomi

Narxi

Eng qimmat futbolchi

Narxi

“Paxtakor”

11,90 million evro

Marko Simich, Igor Sergeev

1,8 million evro

“Lokomotiv”

11,90 million evro

Marat Bikmaev

1,2 million evro

“Nasaf”

7,88 million evro

Dragan CHeran

1 million evro

“Bunyodkor”

6,75 million evro

Doston Hamdamov

1 million evro

“Buxoro”

5,5 million evro

Vladimir Baenko

600 ming evro

“Qo'qon-1912”

4,48 million evro

Aleksandr Merzlyakov

450 ming evro

“Olmaliq”

4,48 million evro

Vladimir Kosminin

350 ming evro

“Mashal”

4,20 million evro

SHahzod SHaymonov, Abdulloh Olimov

275 ming evro

“Navbahor”

3,80 million evro

Aziz Turg'unboev

300 ming evro

“Qizilqum”

3,38 million evro

Erkin Boydullaev, Otabek Zokirov

250 ming evro

“Metallurg”

3,33 million evro

Murod Toshmatov, Zohid Abdullaev

300 ming evro

“Neftchi”

3,10 million evro

Bobur Yo'ldoshev, Jasur Hasanov

200 ming evro

“So'g'diyona”

3 million evro

Ixtiyor Toshpo'latov

200 ming evro

“Dinamo”

2,98 million evro

Adnan Oraxovac

325 ming evro

“SHo'rtan”

2,48 million evro

Igor Taran

175 ming evro


 

Eslatib o'tamiz, transfermarkt.de portali tomonidan ko'rsatilgan transfer narxlar taxminiy bo'lib, unda ko'rsatilgan summalar haqiqiy transfer narxdan farq qilishi mumkin.

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика