So’nggi yangiliklar

08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  0 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  2 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  6 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  11 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  5 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1

Transfermarkt va Championat.Asia 2022 yilgi Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi Yangiliklar

Transfermarkt va Championat.Asia 2022 yilgi Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi

Ushbu mavsumdan boshlab ikki sayt hamkorlikning yangi darajasiga chiqqan holda, birgalikda oyning eng yaxshi murabbiyi va o'yinchisini aniqlashni boshlashdi.

Transfermarkt va Championat.Asia mavsum yakuniga ko'ra eng yaxshi murabbiy va o'yinchi nomini ham aniqlamay qo'yishmadi. Ovoz berishda Championat.Asia va Transfermarkt'ning rus tilidagi nashri, shuningdek ekspert sifatida O'zbekistondagi eng yaxshi futbol sharhlovchilaridan biri Otabek Jo'raev ishtirok etishdi.

Ovoz berish yakunlariga ko'ra, Superliganing 2022 yilgi mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb Timur Kapadze topildi. "Olimpik" ustozi O'zbekiston chempionatida yosh o'yinchilardan tashkil topgan jamoani ilk mavsumdayoq oltinchi o'ringa olib chiqdi. "Olimpik" mavsum davomida bir necha bor favoritlardan ochko tortib oldi. Kapadze 44% ovozga ega bo'lgan bo'lsa, ikkinchi o'rinni "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix (31%) egalladi.




Superliganing 2022 yilgi mavsum eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun kurashda birinchi o'rin "Navbahor" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderovga nasib etdi. U barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 7ta assist qayd etdi. Iskanderov 52% ovoz to'pladi, bu esa ikkinchi o'rinni olgan "Paxtakor" forvardi Dragan CHeran (34%)dan 18%ga ko'proq.



Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика