Transfer uchun pul to'lashga to'g'ri kelsa, "Man Siti" Messi bilan shartnoma tuzmaydi
01 sen 2020 13:55
Yangiliklar
Transfer uchun pul to'lashga to'g'ri kelsa, "Man Siti" Messi bilan shartnoma tuzmaydi
"Barselona" etakchisi Lionel Messining "Manchester Siti"ga o'tishida qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.
"SHaharliklar" transfer uchun barcha moliyaviy sarf-harajatlarni tahlil qilib chiqishdi. Baholash yakuniga ko'ra argentinalikning pul evaziga "Siti"ga o'tishi mumkin emas. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar berdi.
Ingliz klubi transfer uchun pul sarflanmagan holdagina Messi bilan shartnoma imzolashga tayyor. CHunki, o'yinchi maoshining o'ziyoq "Manchester Siti" uchun jiddiy "zarba" bo'ladi.
Bundan tashqari, ingliz klubi UEFA bilan sud jarayonidan keyin moliyaviy feyr-pley borasida tavakkal qilmoqchi emas.

Oldinroq, "Man Siti" Messiga 5 yil uchun 500 mln evro to'lashga tayyorligi xabar qilingandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar