Totti: "Messi - birinchi raqam, lekin buni Krishtianuga aytmang"
28 dek 2017 21:57
Yangiliklar
Totti: "Messi - birinchi raqam, lekin buni Krishtianuga aytmang"
Afsonaviy sobiq futbolchi Franchesko Totti bugun Dubayda bo'lib o'tgan xalqaro konferenciya paytida bir qator savollarga javob qaytardi.
"Futbol juda ham o'zgardi. Bugun futbol - bu biznes. Ronaldu yoki Neymar kabi ajoyib futbolchilar bor. Braziliyalik hujumchi oshirib yuborilgan narxga namuna hisoblanadi. Bir futbolchi uchun 222 million evro - bu juda ham ko'p.
Men Messini birinchi deb hisoblayman. Lekin, bu haqda Krishtianuga aytmang.
Bugungi kunda kim birinchi raqamli o'yinchi? Men Messini birinchi deb hisoblayman. Lekin, bu haqda Krishtianuga aytmang", - deya Tottining so'zlarini keltirdi "Mundo Deportivo".

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar