"Tottenxem" Porro uchun "Sporting"ga bir futbolchi va pul taklif qildi, ammo lissabonliklarga 45 mln. evro kerak
19 jan 2023 01:45
Yangiliklar
"Tottenxem" Porro uchun "Sporting"ga bir futbolchi va pul taklif qildi, ammo lissabonliklarga 45 mln. evro kerak
"Sporting" "Tottenxem"ning himoyachi Pedro Porro borasidagi taklifiga rad javobini berdi.
Malumotlarga ko'ra, "shporlar" ispaniyalik uchun o'z futbolchilaridan birini va kichik mablag' taklif qilishgan, ammo Lissabon klubi bunday sxemaga rozi emas. Tomonlar muzokaralarni davom ettirishyapti.
"Sporting" shartnomada ko'rsatilgan 45 mln. evroni talab qilmoqda.
Porro joriy mavsum Portugaliya chempionatining 13ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar